Kimyo o'qitish metodikasida masalalardan foydalanish usullari Reja: 1. Kimyoviy masalalar yechishda qo'llanadigan metodlar 2. Kimyo o'qitishda masalalarning ahamiyati va ularning klassifikasiyasi. 3. Kimyoda sifatga doir masalalar yechish tiplari 4. Kimyoda hisoblashga doir masalalar yechish metodikasi 5. Hisoblashga doir masalalarning tiplari O'rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo o'qitishda masalalarning ahamiyati va ularning klassifikasiyasi, kimyoda sifatga va hisoblashga doir masalalar yechish tiplari, hisoblashga doir masalalar yechish metodikasi. Kimyoviy masalalar yechish politexnika, o'qitishni turmush bilan bog'lash, kasb tanlash, mehnatsevarlik maqsadga intilish, dunyoqarashni shakllanishi, fanlararo aloqadorlikni ta'minlash kabi hollar katta ahamiyat kasb etadi. Masalalar yechish, o'quvchida rivojlanish funksiyalarida katta rol o'ynaydi. Rivojlanish fikrlashning turli usullari, bilimlarning haqiqiy qo'llanishi, o'z-o'zini nazorat qilish, ko'nikmalarni hosil qiladi. Eng muhimi o'quvchida mustaqillikni rivojlantiradi. Masalalar yechish jarayonida tayanch bilimlar tadbiq etiladi va natijada moddalar va kimyoviy jarayonlar haqidagi bilimlar mustahkamlanadi va takomillashadi. Masala yechish jarayonida muammolar o'z yechimini topadi. Ayniqsa bu hol sifatga doir masalalar yechishda ko'proq qo'llaniladi. Masala yechish jarayoni abstrakt holatlardan aniq yechimlarga olib keladi. Amaliyotda esa bu metodologik aspektni o'z boshidan kechiradi va abstrakdan fikrlashga, undan amaliyotga - oddiydan murakkabga beriladi. Masalalar yechish turiga ko'ra masalalar sifatiga va hisoblashga doir bo'ladi. Kimyoda sifatga doir- masalalarning ko'p qo'llanadigan tiplari quyidagilar: Tavsiflangan va kuzatilgan hodisalarni izohlash. M: Nima sababdan kalsiy karbonat bilan sulfat kislota orasidagi reaksiya kuchli boshlanadi - yu keyin to'xtab qoladi? Yoki nima uchun quruq ammoniy karbonat qizdirilganda boshqa modda hosil bo'ladi? Aniq moddaning xarakteristikasi: xlorid kislota qanday moddalar bilan va nima uchun reaksiyaga kirishadi. Moddalarni bilish: Qaysi probirkada kislota, ishqor, tuz borligini aniqlang. Qaysi probirkada xlorid kislota, sulfat kislota, nitrat kislota berilganini aniqlang. Moddaning sifat tarkibini isbotlash; Ammoniy xlorid tarkibida ammoniy ioni va xlor ioni borligini qanday isbotlaysiz? Aralashmalarni ajratish va toza modda olish: Qanday qilib, uglerod (IV)-oksidi aralashmasidan kislorodni tozalash mumkin? Moddalarni olish: Ma'lum bo'lgan barcha usullar bilan rux xloridni olish. Masalani og'zaki, yozma yoki eksperimental holda yechish mumkin Kimyoda hisoblashga doir masalalar - VII sinf masalalari «massa» tushun-chasiga moslashgan. VII sinfda esa kimyoda miqdoriy nisbatlarga mos masalalar yechiladi. O'quvchilarda shunday fikr shakllanishi kerakki, moddalar bir - biri bilan qat'iy belgilangan miqdorda birikadilar. Hisoblashga doir masalalar tiplari quyidagilar: VII sinfda formulalar bo'yicha hisoblash: a). moddaning nisbiy molekulyar massasi bo'yicha hisoblash; b). murakkab modda tarkibida element atomlarining massasini aniqlash; v). elementning moddadagi foiz miqdorini aniqlash; yechish: Eritmada erigan moddaning foiz miqdorini aniqlash: VII sinfda formulalar bo'yicha hisoblash: a). aniq miqdordagi moddaning massasini hisoblash; b). gazlarning massasi va hajmini topish (normal sharoitda); v). gazlarning nisbiy zichligini hisoblash yechish: ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.35 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.35 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc