Kimyo o'qitish natijalarini nazorat qilishning metodlari, shakli va turlari 2. Kimyo o'qitishning umumiy metodlari. 3. Kimyo o'qitish natijalarini nazorat qilishning metodlari, shakli va turlari. REJA: 1. Kimyo o'qitish metodikasi fanning mazmuni, maqsadi va ahamiyati. Kimyo o'qitish uslublari faqat ma'ruzalar orqali etkazilmaydi, studentlar tajribalar ko'rsatish uslublarini bilishi, darslarni rejalashtirishni, kimyoviy masalalarni yechish uslublarini, dars berish shakllarini va boshqalarni bilishi kerak. Shu sababli ular kurs ishlari bajarishi, pedagogik amaliyotda mustaqil ishlashi kerak. Uslublarni o'rgatayotganda maktab, akademik litsey, kasb hunar kolledjlarga ekskursiyalar qilish kerak. Maxsus kurslar, maxsus kurslardan amaliyotlar ham tashkil etish katta ahamiyatga ega. Kimyo metodikasi, boshqa o'quv predmetlari o'qitish metodikasi kabi, asl mohiyati bilan olganda, uchta asosiy masalani: 1.ta'lim-tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalarini; 2.bu ishning mazmuni; 3.o'quvchilarni ma'lumotli qilish va tarbiyalash protzessining xarakterini hal qilib beradi. O'qituvchi o'z faoliyatida rejissyor, aktyor, muxarir, tashkilotchi vazifasini bajarishga majburdir, ulardan bittasi bo'lmasa bu o'qish jarayoniga salbiy ta'sir etadi. Kimyo o'qitish metodikasi darslarida Universitet ziyolilari yangi bilim bermay, student bilimini o'quvchiga yetqazish uslublarining metodlarini o'rgatadilar. Kimyo uslublari umumiy pedagogik yo'nalishlardan farqlanishi mumkin, shu sababli kimyo o'qitish metodikasi quyidagi uch vazifani bajarishga harakat qiladi: Maktab kimyo darsligi uchun kerakli hajmda dalillarni tanlash; Kimyo dars berish usullarini tanlash; O'quvchilarning bilimini oshirishda o'qituvchi faoliyati orqali kitob, kino, radio, televizor va boshqa vositalardan foydalanishni o'quvchilarga o'rgatish. Kimyo o'qitish metodikasi asosida quyidagi metodologik yo'nalishlar mavjud: 1.Umumiy dialektik uslub, bunda tushunchalarning fikrlash davomida rivojlanishi, o'qitishning har xil qismlarining o'zaro bog'liqligi, ichki qarama-qarshilikning o'zaro bog'liqligi, ularni yechishda muammoli yondashish. 2. Sistematik-struktur yondashish, bunda o'qitish uchun asosiy bo'limlarni ajratish, ularning o'zaro bog'liqligini topish, hamda elementlar o'zaro ta'sirining barqarorligini, yaqinligini ko'rsatish va maktab kimyo o'qitish metodikasini birligini ko'rsatish. 3. Yuqoridagi metodik kategoriyalarni uchta o'qitish funkziyalari: bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirishga asoslanib qarash. 4. Kimyo o'qitish metodikasining asosini didaktik yondashish orqali qarab chiqish METOD(USUL)- lotincha so'z bo'lib, o'qitishning yangi yo'lini izlash, tushuntirishning oson usulini topish, qidirish degan ma'noni anglatadi. Pedagogik o'quv qo'llanmalarda o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish va ular tomonidan o'zlashtirish usullari o'qitish metodi deb ataladi. Maktablarda shu vaqtgacha qo'llanilgan o'qitish metodlari xilma-xil bo'lib, keng tarqalgan va eng ko'p qo'llaniladigan turlari quyidagilardir: An'anaviy dars o'tish usullari Noan'anaviy dars o'tish usullari Innovatsion usullar An'anaviy dars o'tish Usullari. O'quv mavzusini og'zaki baton qilish.Mazkur metod bayon qiliniyotgan bilimlarni to'g'ridan-to'g'ri o'qituvchining jonli nutqi orqali bayon qilinishi bilan tavsiflanadi. Masalan: Hikoya qilish; Tushuntirish; Maktab ma'ruzasidan iborat bo'lishi mumkin. Noan'anaviy dars o'tish usullari. Noan'anaviy ta'lim jaaryonida o'quvchilar va o'qituvchilar munosabatining o'ziga xos jihati o'quvchilar mustaqilligi va o'quv faoliyatini boshqarish ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
880.5 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
880.5 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: pptx