Kimyo o'qitish uslubiyoti fani. O'zbekistonda uzluksiz kimyoviy ta'lim

Kimyo o'qitish uslubiyoti fani. O'zbekistonda uzluksiz kimyoviy ta'lim

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo o'qitish uslubiyoti fani. O'zbekistonda uzluksiz kimyoviy ta'lim - rasmi

Material tavsifi

Kimyo o'qitish uslubiyoti fani. O'zbekistonda uzluksiz kimyoviy ta'lim Reja 1 .Kimyo o'qitish uslubiyoti fanining maqsadi va vazifalari. 2. O'rta Osiyo allomalari, ozbek va rus olimlarining kimyo o'qitish uslubiyoti faniga qo'shgan hissalari. 3. Uzluksiz kimyoviy ta'lim sistemasi. 4. O'zbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda kimyoviy ta'limning hozirgi zamon yo'nalishlari. 5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalari nimalardan iborat? 6. Kimyo o'qituvchisining asosiy vazifalari. 7. O'quvchilarga nisbatan differensial yondashuv. Kimyo o'qitish uslubiyoti fani . Ozbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab, malakali, yetuk mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj keskin ortganligini guvohi bo'lib turibmiz. Maktabdan boshlab mustaqil fikrlovchi yigit-qizlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Fan texnikaning rivojlanishi O'quvchilarni bilimlar oqimiga va voqealar tO'lqinigabo'lgan qiziqishini kuchayrirmoqda. Bugungi kun nuqtai- nazaridan qaraydigan bo'lsak O'quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy faoliyati yaxshi va mustaqil fikrlay olishi zarur. O'quvchilardagi bunday xislatlarni maktab O'qituvchilari rivojlantirib boradilar. Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun, kelajak avlodimiz uchun bunday sharafli ishda mas'uliyat bilan ishlash har bir pedagogning burchi hisoblanadi. Bunday mas'uliyatli ishni hal etish O'quvchilarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga O'rgatishni uslubiga bog'liq. Har qanday mutaxassis- O'z ishi metodikasiga qanchalik e'tibor bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. O'qituvchi ishining asosiy O'qitish metodikasi-O'quvchilarni O'qitish va tarbiyalash metodikasidir. Kimyo O'qituvchisi ishining asosi kimyo O'qitish metodikasidir. Kimyo o'qitish uslubiyoti - pedagogikaning tarkibiy qismi bo'lib, u didaktika bilan chambarchas bog'langan. O'qituvchining ishi o'quvchini o'qitish va tarbiyalash uslubiyoti bo'lsa, kimyo o'qituvchisi ishining asosi - kimyo o'qitish uslubiyotidir. O'rta maktabda o'quv jarayeni uchta asosiy funksiyalarni bajarishi kerak: o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishdir. O'qitish funksiyasi didaktika, tarbiyalash - tarbiya nazariyasi, rivojlantirish esa psixologiya fanlari yerdamida o'rganiladi. Kimyo fani xam tushunchalarning murakkab sistemasi bo'lib yuqorida qayd qilingan fanlar bilan ozaro ta'sirlashadi. Bu ozaro ta'sirlashuv yangi bilimlar sistemasi - kimyo o'qitish uslubiyoti fani yaratilishiga asos soladi. Didaktika - pedagogika ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir, u - ta'lim nazariyasidir. Ta'lim jarayonining mohiyati bilim, kO'nikma va malakalarni egallab olishdir. Bilimlar-bu O'quvchilar ongida muayyan sistemada mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga kO'ra foydalana oladigan dalillar, ma'lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar , tushunchalardir. KO'nikma- bu Ozlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va Amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalanadigan ongli faoliyatdir. Malaka- avtomatlashgan, O'rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir. Malakalar har xil bO'ladi: O'quv malakalari- O'qish, yozish, og'zaki hisoblash chizish va hokazo; mehnat malaklari-arra va boltani ishlata bilish, probirkalarni yuvish, shtativni yig'ish va hokazo; harakat malakalari- yurish, sakrash, uloqtirish va hokazo. KO'nikma kabi malaka ham egallangan bilimlar asosida hosild ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.42 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.42 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga