Kimyo o'qitish usullari, vositalarni tanlash va qo'llash qoidalari

Kimyo o'qitish usullari, vositalarni tanlash va qo'llash qoidalari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo o'qitish usullari, vositalarni tanlash va qo'llash qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Kimyo o'qitish usullari, vositalarni tanlash va qo'llash qoidalari Reja: 1. Kimyo o'qitish usullari. 2. Kimyo o'qitish usullari klassifikatsiyasi. 3. Kimyo o'qitish jarayonini tashkil etish. 4. o'quvchilarni o'qitishda muammoli o'qitish usullari. 5. Pedagogik texnologiya turlari. 6. o'qitish jarayonida texnik vositalardan foydalanish (EHM dan). 7. Kimyo, biologiya, fizika, matematika va boshqa tabiiy fanlar orasidagi ozaro bog'liqlik. O'qituvchi bilan o'quvchining o'quv vazifalarini hal etishga qaratilgan, o'zaro bog'langan faoliyati yo'llari va usullarini o'qitish metodlari deb atash qabul qilingan. O'qitish nazariyasida metod bilan bir qatorda metodik usul degan tushuncha ham bor. Metodik usul - qandaydir metodning bir qismi bo'lib, o'quv vazifasini hal etishda mustaqil ahamiyatga ega emas, ammo asosiy metodning ta'sirini kuchaytiradi. Metodlardan o'qitish vositalarini farq qilish kerak . Ular o'quv protsessini tashkil etilishi va o'tib borishini ta'minlaydi, lekin o'quv vazifalarini hal etmaydi. Xilma - xil o'quv jihozlari, o'quv qo'llanmalar va hoka'zolar o'quv vositalariga kiradi. O'qitish metodlari gruppalari: Ko'rgazmali metod: a) obyektlarni natural holida yoki vositali ko'rinishda namoyish qilish; b) kuzatish mustaqil faoliyat turidir; v) sayohat. Og'zaki metod: a) og'zaki so'z -- hikoya qilib berish, -- tushuntirish, -- tavsiflash, -- suhbat, -- maktab ma'ruzasi; b) bosma so'z -- kitoblar va boshqa bosma materiallar. Amaliy metodlar: a) laboratoriya ishlari va maktab eksperimenti; b) amaliy ishlar; v) mashqlar. Kitob va darslik bilan ishlash o'quvchilarning bosma matn bilan mustaqil ishlash metodidir. Pedagogikning vazifasi o'quvchilar oldiga o'quv vazifasini qo'yish , faoliyatini tashkil etish hamda ularni kitob bilan ishlashning xilma - xil turlariga o'rgatishdan iborat. Oldiga qo'yilgan vazifaga qarab o'quvchi kitob bilan ishlash jarayonida turli xil yozuvlar olib borishi mumkin. Masalan: a) o'qilganlarning rejasini tuzish; b) konspekt olish; v) tsitatalar yozib olish; g) tezislar tuzish - ishning asosiy qoidalarini qisqa va qat'iy shaklda yozib olish; d) referat yozish, ya'ni bir yoki bir necha bo'yicha qandaydir masalani o'z mulohazalarini aytish bilan bayon qilish; e) taqriz yozish; j) annotatsiya yozish - kitob yoki maqolaning mazmuniga qisqacha ta'rif berish. Kimyo o'qitish usullari O'qituvchining muhim vazifalaridan biri o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishini ta'minlaydigan optimal usulni tanlashdan iboratdir. O'qitish usuli bu o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi maqsad sari yo'nalgan faoliyati deb tushunsa bo'ladi. Kimyo o'qitish usullari yuzasidan yagona fikr yo'q. Pedagogika adabiyotida a) dogmatik, b) illyustrativ, v) evristik usullar bor. O'qitish metodi tushunchasiga har xil ma'no beriladi. Ba'zilar metod'' sozining tarjimasiga asoslanib - (yo'l demakdir) - bu tushuncha bo'yicha o'quvchilarni bilmaslikdan bilimdonlikka olib borsin deydilar. Dogmatik, illyustrativ, evristik metodlar ana shundan kelib chiqqan. Dogmatik (og'zaki - dogmatik) usuli - o'qituvchi materialni og'zaki, ko'rsatma vositalardan foydalanmay, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.9 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.9 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga