Kimyo o'qitishni kompyuter texnologiyalari asosida takomillashtirish

Kimyo o'qitishni kompyuter texnologiyalari asosida takomillashtirish

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo o'qitishni kompyuter texnologiyalari asosida takomillashtirish - rasmi

Material tavsifi

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo o'qitishni kompyuter texnologiyalari asosida takomillashtirish MUNDARIJA KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O'qitishga yangi texnik vositalar,shu jumladan,kompyuterlar va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrda o'quvchilarning o'quv faoliyatini samarali tashkil qilishda kompyuterlardan foydalanish dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi. Global informatsion - kommunikatsion tarmoqlarning keng dunyoviy tarqalishi yangi texnik imkoniyatlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Kompyuter ta'limi masofali, interfaol tarmoqlarda bir qancha o'sdi. Hozirgi kunda internet - ta'limi deb ataluvchi yangi yo'nalishlar paydo bo'ldi[1]. Maxsus va umumiy o'quv ko'nikmalar har xil metod va usullarni birgalikda to'g'ri qo'llash orqali shakllantiriladi.Bunda ayniqsa o'qitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish yaxshi samara beradi [2]. Oqitishning texnik vositalari (O'TV) - bu dars jarayonida har xil yorug'lik texnikalari, tovush apparatlari va qo'llanmalardan foydalanishdir. Dars jarayonida O'TV dan samarali foydalanish uchun kimyo o'qituvchisidan maxsus psixologik-pedagogik, metodik va texnik tayyorgarlik talab qilinadi. [3]. O'quv yurtlarida kompyuter texnikalarni qo'llash o'qitish jarayonini optimallashtirish uchun keng imkoniyatlarni ochadi. Kompyuter dasturlarining qo'llanilishi o'qitishda ilmiylik,ko'rgazmalilik,tushunarlilik,aktiv va mustaqil bo'lish kabi prinsiplarni amalga oshishini ta'minlaydi [4]. Kompyuter dasturlari nafaqat bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga kompyuterda ishlash davomida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Bunda kompyuter dasturlari asosiy o'quv materialini to'ldirishga yoki o'qitish samaradorligini oshirish vositasi bo'lib xizmat qiladi [5]. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo o'qitishda kompyuter texnologiyalarini qo'llash metodikasini takomillashtirish muammolarini o'rganish. Tadqiqot vazifalari. Ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -kompyuter texnologiyalarini an'anaviy o'qitish vositalari(ko'rgazmali qo'llanma,kimyoviy tajriba, tabiiy obyekt) bilan birgalikda kompleks qo'llashga oid ayrim darslar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish; -kompyuter texnologiyalarini qo'llashning o'quvchilar o'quv-bilish faoliyatining aktivlashishiga, shuningdek bilimlarni o'zlashtirish sifatiga ta'sirini o'rganish; -pedagogik eksperiment orqali ishlab chiqilgan metodik tavsiyalaning effektivligini tekshirish. Ishning ilmiy yangiligi: Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo fanlarini o'qitishning o'ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o'rganilib,ularni uslubiy jihatdan to'g'ri hal etishda kompyuter texnologiyalariga asoslangan dars senariylari ishlab chiqildi. Ishning amaliy ahamiyati: Ishdagi Qotishmalar, Ishqoriy metallar, Temir mavzulari bo'yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o'qitishning ta'limiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyasining rolini kuchaytirishga imkon beradi. Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan maktab kimyo o'qituvchilari o'z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ish 50 bet, 8 jadval, 2 sxema, 41 foydalanilgan adabiyotdan iborat. 1-BOB.KIMYO FANINI O'QITISHDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING PSIXOLOGIK - PEDAGOGIK ASOSLARI. Yanom Amosom Komenskiy Buyuk didaktika asarida ta'limdagi qulayliklarni e'lon qilib bo'lgandi: Oltin qoidalarni tezlatish uchun, faqat ajoyib his qilishlarga erishish mumkin,aynan: ko'rinish-ko'rish uchun, xabarlarni- eshitish,- ta'mlarni- sezish, qulay tushunchalar-tushunib bo'ladi. Shu vaqtning o'zida bir qancha ta'mlarni his qilish mumkin[4]. Turli xil - eshitish va ko'rish, kinesteticheskiy qulayliklar turi mavjud. 1941 - yilda professor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 104.48 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 104.48 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga