Kimyo o'qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish

Kimyo o'qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo o'qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Akademik litseylarda kimyo o'qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish MUNDARIJA KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida jamiyatimizning barcha sohalarida bo'lgani kabi ta'lim tizimida ham bir bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta'lim to'g'risida»ги qonunlarda O'zbekiston Respublikasida ta'lim-tarbiya tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko'tarish va ta'limning uzluksizligini ta'minlashning asosiy maqsadlari va shart sharoitlari belgilab berildi.Ushbu maqsadda Respublikamizda yangi turdagi o'quv muassasalari bo'lgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida Prezident I.A.Karimov ta'kidlab o'tganidek,«Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Biz o'zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo'lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo'lamiz»[1]. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish uchun ta'lim tizimiga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali o'quvchilarning faol bilim olishlarini tashkil etish va ta'lim tizimining demokratik tamoyillariga tobora keng yo'l ochib berish lozim. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng ta'lim tizimiga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo'yicha ko'plab ishlar qilinlmoqda. Bu ishlar kimyo fanini o'qitishda ham o'z samarasini bermoqda. Lekin olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati umumiy o'rta ta'lim yoki oily o'quv yurtlarida kimyo o'qitishni takomillashtirishga bag'ishlangan.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida kimyo o'qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish masalalari yaxshi o'rganilmagan. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.Akademik litseylarda kimyo o'qitish samaradorligini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali oshirish. Tadqiqot ob'ekti. Akademik litseylarning tabiiy fanlar yo'nalishi talabalariga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida kimyo kursini o'qitish jarayoni. Tadqiqot predmeti. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida kimyo kursini o'qitish jarayonida talabalarning mustaqil bilim olish faoliyati. Tadqiqot farazlari. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida talabalarning kimyodan o'quv faoliatini tashkil etish va takomillashirish bo'yicha didaktik jihatdan to'g'ri hamda maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiriladigan tadbirlar ta'limning sifat va samaradorligini oshiradi. Tadqiqot vazifalari. -zamonaviy ta'lim texnologiyalari tizimida didaktik o'yinli, muammoli va modulli o'qitishning o'rnini ko'rsatib berish; -didaktik o'yinli, muammoli va modulli o'qitish texnologiyalarining mohiyatini aniqlash; -umumiy kimyo kursining ayrim mavzulari bo'yicha muammoli o'qitishga asoslangan dars ishlanmalarini yaratish; -organik kimyo kursining Uglevodorodlarmavzulari oid modulli dastur shlab chiqish; -noorganik kimyo kursining Azot va uning birikmalari mavzulari bo'yicha didaktik o'yinli dars senariysini ishlab chiqish. Ishning ilmiy yangiligi: Akademik litseylarda kimyo fanlarini o'qitishning o'ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o'rganilib,ularni uslubiy jihatdan to'g'ri hal etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars senariylari ishlab chiqildi. Ishning amaliy ahamiyati: Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar talabalarning bilim olishga bo'lgan qiziqishini oshiradi,ta'lim jarayonini faol tashkil etishga imkon beradi. Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidav tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 124.38 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 124.38 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga