Kimyo o'qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha

Kimyo o'qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo o'qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Kimyo o'qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha Reja: 1. Kimyo o'qitishning metodlari va vazifalarini aniqlash, ular qo'llaniladigan o'rnini belgilash. Kimyo o'qitishning umumiy metodlari. 3 Kimyo o'qitishining dogmatik metodlari. Kimyoda ilyustrativ va evristik metodlar. O'rganiladigan tayanch tushunchalar: Kimyo o'qitishning metodlari va vazifalarini aniqlash, ular qo'llaniladigan o'rnini belgilash, umumiy metodlar, dogmatik metod, ilyustrativ metod, evristik metod. Kimyo o'qitishning metodlari, shakllari, manbalari o'qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, kimyo o'qitish nazariyasining eng muhim bo'limlari sanaladi. O'qitish metodi falsafiy nuqtai - nazardan ta'lim jarayonida ta'lim mazmunini harakatlantirish shakli bo'lib hisoblanadi. Agar predmetning mazmuni fanning didaktik ekvivalenti bo'lib hisoblansa, o'qitish metodlari o'rganilayotgan fan yoki bilish lozim bo'lgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir. Didaktikada fanni o'rganish metodlari va o'qitish metodlari mavjud. O'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilarga ta'lim, tarbiya beruvchi ularni rivojlantiruvchi metodlarni optimal tanlashdan iborat. O'qitish metodi - o'qituvchi rahnamoligida o'quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bo'lib hisoblanadi. Kimyo o'qitish metodikasining o'ziga xos alohida xususiyatlari mavjud: ular; Kimyo o'qitish mazmuni va metodikasi amaliyotga asoslangan nazariy fan. O'quvchilarning bilish faoliyati tafakkur qirralarini o'stirishga qaratilgan bo'lib, moddaning aniq xossasi o'zgarishi, holati, xossalari, tuzilishi, tarkibi kabilar fikr yuritishga o'quvchilarni o'ylashga olib keladi. Har bir metod ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni qaerda samarali amalga oshirsa o'sha yerda o'sha jarayonda qo'llanilishi maqsadga muvofiq. Metodlar o'zining qo'llanilishi bilan ham o'quvchilarni tarbiyalaydi. Shu sababli o'qituvchi har bir metodni tanlaganda uchala funksiyani samarali amalga oshirishiga e'tibor berishi kerak. Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud. Unda quyidagilarga e'tibor berish kerak. O'qitishning qonuniyatlari va prinsiplari. O'qitishning maqsad va vazifalari. Shu fan mazmunining hamda o'rganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy mosligi. Maktab o'quvchilarning o'qish imkoniyatlari. (yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinf jamoasining xususiyatlari). Tashqi sharoitning o'ziga xosligi. O'qituvchining o'z imkoniyatlari. O'qitish metodlarining tuzilishi har xil bo'lib, ular ma'lum jarayonning takomillashuvi bilan to'xtovsiz ravishda o'sib boradi. Bu o'sish jamiyatda madaniyat darajasini o'sishiga bog'liq. Shu sababli o'qitish metodlarini tartibga solish va klassifikasiyalash zarurati kelib chiqadi. Maktablarda bilim asoslarini berish lozim. Mustaqil O'zbekistonimiz maktabi tarbiyalovchi ta'limni amalga oshiradi. Bu maktab beradigan ta'limning tarbiyalovchi xususiyati shundan iboratki, u o'quvchilar dalialiktik-materialistik dunyoqarash asoslari hosil qiluvchi chinakam ilmiy bilimlar beradi. Bizning maktabimizda ta'lim berishning talabalarda aktivlik, tashabbus, mustaqil fikrlash, qo'yilgan maqsadga intilish, o'z bo'rchini his etish, boshqa metod va usullari tarbiya jihatidan katta rol o'ynaydi. Kimyo o'qitishning metodlari turli usullarda olib boriladi. Metod - bu «yo'l» demakdir. U dogmatik, illyustrativ, evristik bo'lishi mumkin. O'qitishning dogmatik metodi- o'qituvchining materialni og'zaki, ko'rsazma vositalardan foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat talabalarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat. O'qitishning ilyustrativ ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.59 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.59 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga