Kimyo o'qitishning ta'minot tizimi

Kimyo o'qitishning ta'minot tizimi

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo o'qitishning ta'minot tizimi - rasmi

Material tavsifi

Kimyo o'qitishning ta'minot tizimi Reja: 1. Kimyo kabinetida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi. 2. Kimyo darsligi va uning tuzilishi. 3. Maktab kimyo kursi dasturlari. O'rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo kabinetida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, o'qituvchi uchun qo'llanmalar, maktab kimyo kabinetini jihozlash, kimyo darsliklari. O'qitish va tarbiyalash manbalariga - o'quvchilarni ma'lumotli qilib tarbiyalash, ular shaxsini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan materiallar va obyektlar tizimi misol bo'ladi. Bu tizim funksiyalarining birligini ta'minlaydi. Ta'minot manbalari uchta katta guruhga bo'linadi. Bu bo'linish maqsadi va o'quvchiga ta'sir etishi usullariga ko'ra quyidagilar bo'lib hisoblanadi. O'qituvchi uchun qo'llanmalar. Maktab kimyo kabinetini jihozlash. Kimyo darsliklari. O'qituvchi uchun qo'llanmalarga - ijtimoiy - siyosiy, metodik, ilmiy ommabop adabiyotlar misol bo'ladi. Ulardagi mazmun o'quvchiga o'qituvchi orqali o'tadi. Maktab kimyo kabineti bevosita o'quv tarbiya jarayoniga xizmat qiladi. Darslik - shu fan bo'yicha o'quv kitobi bo'lib o'quvchi uchun yoziladi. Undan mustaqil holda o'quvchi maktabda va uyda foydalanadi. Bu uch komponent o'zaro bir - biri bilan doimiy aloqadadir. Maktab kimyo xonasisiz hozirgi ta'lim - tarbiya jarayonini tasavvur etish mumkin emas. Maktab kimyo kabineti o'quv qurollari pribor reaktivlar, jadval va hoka'zolar maxsus joylashtirilgan xonadan iborat. Kimyo kabineti o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi. Kimyo kabinetiga bo'lgan talablar 4 guruhga bo'linadi. Ilmiy-metodik. Kimyo kabineti kimyo ta'limi mazmuniga, didaktik talablarga, psixologik va tarbiya nazariyasi talablarga javob berishi kerak. Ekologik, gigiyenik va texnika xavfsizligi talablari ya'ni kabinet mehnatining ilmiy asosda tashkil etish, o'quvchilar va o'qituvchi sog'ligini asrash talablariga javob berish. Texnik, texnologik guruh - xona jihozlari oddiy va qo'lay, hozirgi barcha talablarga javob beruvchi mustahkam, arzon materiallardan tayyorlanishi lozim. Maxsus talablar. Kimyo fanini o'qitishga daxldor ta'minot bo'lishi kerak. Maktab jihozlari uchun maxsus Davlat standartlari (GOST) hamda texnik sharoitlar (TU) bo'lishi kerak. Kabinet yuqoridagi talablarga javob beruvchi mos joydan tanlanishi kerak. Kimyo kabineti o'quv jihozlari tizimi: Tabiiy obyektlar: reaktivlar, idishlar, probirkalar, instrumentlar, minerallar kolleksiyalari materiallari va boshqalar. Tabiiy obyektlarning ko'rinishlari: modellar, maketlar, ekran jihozari. Har xil jadvallar, sxema, grafik, chizmalar. TSO, kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, magnitafon, yozuvlar, programmalar, video yozuvlar. Kabinetda o'qituvchi va o'quvchilarning ish o'rni alohida bo'lishi lozim. O'qituvchining ish o'rni katta stol bo'lib, uning qavatli va yuza qismi demonstasion tajribalar olib borishga mos linoleum qoplanadi. Qilinayotgan tajribalar hamma o'quvchilarga ko'rinarli bo'lishi kerak. Pastki qismida kerakli jihozlar o'qituvchi olishi uchun moslanadi, albatta zaharli gazlar moddalar uchun havo tortar (mo'rili) shkaf bo'ladi. Sinf doskasi 3 shitli bo'lishi talab etiladi. O'quvchilar o'rni texnika xavfsizligiga mos holda ko'nikma va malakalarni rivojlantirishga mo'ljallanishi kerak? O'quvchilar guruh va yakka mustaqil holda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.54 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.54 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga