Kimyo o'quv kursidan dars berish metodikasining asoslari Reja: Kimyoviy tushunchalarni o'qitish metodikasi. Boshlang'ich kimyoviy tushunchalarni o'qitish metodikasi. 8-sinf kimyo kursida asosiy kimyoviy tushunchalarni shakllantirish: modda, kimyoviy element, kimyoviy reaksiya. Anorganik moddalarning asosiy sinflarni o'qitish metodikasi. Maqsad: o'quvchilarni dasturda ko'rsatilgan moddalar bilan ratsional tanishtirish, va ularda moddalar haqida tushunchani izchillik bilan shakllantirish va rivojlantirish uslubiyotini ko'rsatib berish. 8.1. Kimyo fanining maqsad va vazifalari. Dastlabki kimyoviy tushunchalarni shakllantirishning nazariy asoslari. «Kimyo fani!» Kimyoning fan ekanligi haqidagi, uning vazifalari. O'rta maktabda VII sinfdan XI sinfgacha o'rganiladigan butun kimyo kursi davomida o'quvchilar bilimi rivojlanib, chuqurlashib va boyitib boriladi. Bunday kirish bahsining vazifasi o'quvchilarning turmush tajribalari va ilgari o'rgangan fanlaridan hosil qilgan uzuq-yo'luq ma'lumotlaridan foydalanib ular oldida yangi o'quv predmetining istiqbollarini ochib berish: maqsadni belgilash, unga intilish uchun bahona bo'ladigan nuqtani topish, eng muhimi, imkon boricha, bu yangi fanga, ixlos va qizikish uyg'otishdan iboratdir. Modda Mavzuni o'tishdan ko'zda tutilgan maqsad: moddalarni bir tomondan jismlarga, ikkinchi tomondan aralashmalarga qarama-qarshi qo'yish yo'li bilan o'quvchilarning moddalar haqidagi tasavvurlarini bir muncha aniqlashtirish va moddalarni ularning xossalarini birma-bir qayd qilish orqali tavsiflash haqida dastlabki tushuncha berish. O'quvchilar moddalarni turmushda ham, kimyoga yaqin kurslarni o'rganishda ham doimo uchratganlar. Bu mavzu materialining yana bir xususiyatn bor: unda belgilangan tushunchalar keyinchalik, dastlabki darslardan boshlaboq hamma vaqt aniqlashtirib va chuqurlashtirib boraveradi, o'quvchilar tasavvurida dastlabki paytlarda hosil bo'lgan tushunmovchilik borgan sari o'z-o'zidan ravshan bo'la boradi. Shunday qilib, biz asosiy e'tiborni «modda» (ammo «umuman modda»ga emas) tushunchasiga qaratamiz. Bu mavzuni rivojlantira borib, o'quvchilarni: «Modda nima?» degan tushunchani ta'riflashga olib kelish mumkinmi va zarurmi? Ta'rif eng xususiy tushunchani eng umumiy tushunchaga bo'ysundirishdan iboratdir. Fanda modda materiyaning alohida turi sifatida ta'riflanadi. Biroq VII sinf o'quvchilari aqliy bilim darajasida eng umumiy bo'lgan tushuncha yo'qki, moddalar haqidagi tushunchani unga bo'ysundirish mumkin bo'lsin, modda tushunchasi ular uchun birlamchi, ta'riflashga prinsip jihatidan noqulay tushunchadir. Ilgari darsliklarda tavsiya etilgan «ta'rif»larni eslar ekanmiz, bunga osongina ishonch hosil qilish mumkin. Ularning har biriga bo'laklarga ajratilgan mexanizm, masalan, soat qismlari ham, atomlar ham, elektronlar ham va qurilish materiallarining barcha rasmiy nomenklaturasi ( masalan, taxta, cherepitsa, parket) ham to'g'ri kelaveradi. Modda «material» sifatida ta'riflanganda, bu ta'rif o'quvchilarning turmush tajribalari bilan chunonan uyg'unlashib ketadiki, (masalan, «Kiyim nimadan tayyorlanadi? To'qimachilik materiallaridan» kabi) ular viskoza va kolenkorni ( qalin surp) ham bemalol moddalar deb aytaveradilar, xolbuki modda bu yerda ayni bir narsa sellyulozadir. Boshqa jihatdan olganda, moddaning «material» sifatidagi ta'rifiga ko'ra bila turib gazsimon moddalarni moddalar qatoridan chiqarib qo'yadi. Logikada bunday hollar ro'y berganda qo'llaniladigan usullardan biri ta'rifni ro'yxat bilan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.46 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.46 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc