Reja. 1.Kimyo sanoati jarayonlari va qurilmalari fanining mazmuni va vazifalari. Ishlab chiqarish jarayonlari. Texnologik qurilmalar. 4.Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda kullani-ladigan asosiy jarayonlarning klassifikatsiyasi. 4.1.Jarayonlaning kechish tezligiga mos xoldagi turlari. 4.2. Jarayonlarning tashkil qilinishi asosidagi turlari. Kirish mustaqil Respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarida ishlash va ularni rivojlantirishda o'z hissasini qo'shishni o'z oldiga maqsad qilib olgan xar bir yosh mutaxassis o'z faoliyatida fan va texnika yutuklari bilan etarli darajada qurollangan bo'lishi zarur. Ќayotga joriy kilinayotgan ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi xam Respublikamizda ta'lim tizimini isloh qilish va buning natijasi sifatida ertangi kunimizni bugungidan yaxshi bo'lishini ta'minlay oladigan kadrlar etishtirib chiqarishga qaratilgan. iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lgan kimyo sanoati bugungi kunda tez rivojlanayotgan, yangi texnika va texnologiyalar joriy kilinib, mahsulot assortimenti va sifati talab va ehtiyojdan kelib chikib yaxshilanib borayotgan soha hisoblanadi. Kimyo sanoati, xususan neft va gazni qayta ishlash korxonalarini mutaxassis kadrlar bilan ta'minlashda shu yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlariga katta mas'uliyat yuklangan. Chunki sanoatning intensiv rivojlanayotgan bu tarmogida ishlab chiqarishni zamon talablari asosida tashkil kila oladigan va zamonaviy texnika va texnologiyalarni boshqara oladigan kadrlarga bo'lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormokda. Bu yo'nalishda taxsil olayotgan talabalar uchun «Kimyo sanoati jarayonlari va qurilmalari» fani asosiy fanlardan biri bo'lib, bu fan ularga o'z ixtisosliklarini chuqur egallashlariga, umummuhandislik fanlaridan olgan bilimlarini mustahkamlashga hamda texnologik jihozlardan unumli foydalanish usullarini o'rganishlariga kumaklashadi. Kimyo sanoati jarayonlari va qurilmalari fanining mazmuni va vazifalari. Kimyo sanoati jarayonlari va qurilmalari kursi umummuhandislik sikli fanlaridan mutaxassislik fanlariga utishning maxsus kursi hisoblanib, bo'lajak mutaxassis kadrlar uchun zaruriy fanlardan biridir. Jarayonlar va qurilmalar to'g'risidagi zamonaviy ta'limot kimyo, fizika, matematika hamda bir kator muhandislik fanlari, yani dizayn, texnik chizmachilik, mikrobiologiya, elektrotexnika kabi fanlarga tayanadi. Kimyo sanoati jarayonlari va qurilmalari kursida aniq texnik-iqtisodiy sharoitlarda sanoat mikyosida har xil kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda fizik va kimyoviy jarayonlarning borishi urganiladi. Ќar qanday texnologik jarayon uni amalga oshirish usullari orasidagi farqka qaramasdan malum turkumdagi qurilmada boradigan bir-biri bilan boglangan o'xshash texnologik bosqichlardan iboratdir. Kimyo mahsulotlariga qo'yiladigan yuqori talab, ishlab chiqarish samaradorligi, uning energiya va material sarfini kamaytirish, atrof-muhit himoyasi kimyo ishlab chiqarish texnologik bosqichlarini iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi o'xshash jarayonlardan farqini belgilaydi. Kimyo texnologiyasidagi jarayonlar juda murakkab bo'lib, ko'p xollarda gidrodinamik, issiqlik, modda almashinish, kimyoviy va mexanik jarayonlarning bir vaqtda amalga oshishi bilan boradi. Bu kurs kimyo texnologiyasining nazariy asosi bo'lib, jarayonlarni tahlil qilish va ushbu jarayonlar amalga oshiriladigan qurilmalarning ishlash prinsipini o'rganish imkoniyatini yaratadi. Kimyo sanoatida qo'llaniladigan asosiy jarayonlarning klassifikatsiyasi. Jarayonlar va qurilmalar to'g'risidagi fanning rivojlanishi kimyo ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.66 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.66 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: doc