KIMYo SANOATI KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYaTNING IQTISODIY SAMARADORLIKNI OShIRISh (O'zkimyosanoati AJ korxonalari misolida) DAVLAT RAHBARINING MUROJAATLARI O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning takidlaganidek Eng muhim vazifa - xalqimiz ongida innovatsion tafakkurni shakllantirish. Innovatsiyalar bo'lmagan joyda rivojlanish va raqobat ham bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi PF-60 sonli Farmoni, 2018 yil 5 maydagi PQ-3697-son Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi, 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi gi qarorlari, shuningdek boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. TADQIQOTNING DOLZARBLIGI Jahonda ilm fanning yuqori suratlarda rivojlanishi, mamlakatlar iqtisodiyotining innovatsiyalarga ochiqligi va ularni amaliyotga qo'llanishda cheklovlar yo'qligi sanoat tarmoqlarining faoliyatida katta iqtisodiy samaradorlikka erishishining muhim omillaridan biri ekanligiga shubha yo'q. Jumladan, 2022 yilda dunyoning eng innovatsion iqtisodiyotlari indeksi bo'yicha peshqadamlikni Janubiy Koreya 90,49 ko'rsatkich bilan egallagan bo'lsa, keyingi o'rinlarda Singapur (87,76), Shveytsariya (87,6), Germaniya (86,45), Shvetsiya (86,39), Daniya (86,12), Isroil (85,5), Finlyandiya (84,86) va Niderlandiya (84,29)lar egallashdi. Bugungi kunda iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, global innovatsion indeksda O'zbekiston Respublikasining o'rnini yaxshilash va 2030 yilga qadar top-50 mamlakatlari qatoriga kirish kabi masalalar ilgari surilgan. Shu jihatdan, sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, innovatsion faoliyat rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirishga nisbatan yondashuvlarni nazariy jihatdan asoslash va amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi. So'nggi yillarda O'zbekiston kimyo majmuasini zamonaviy standartlar asosida izchil taraqqiy ettirish, tarmoq korxonalarining innovatsion faoliyatini yangi darajaga olib chiqish va shu negizda ularning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish, innovatsion texnologiya va yangi ishlanmalar vositasida jahon va mahalliy bozorlarda kimyo mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va natijadorligini oshirish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish dolzarb masalaga aylanmoqda. O'zbekiston Respublikasini innovatsiyalar sohasidagi global reytingdagi ilg'or 50 ta mamlakatlar ro'yxatiga kiritishga qaratilgan strategik dastur tasdiqlandi. DUNYo MIQYoSIDA MAMLAKATIMIZ MIQYoSIDA KORXONA DARAJASIDA TADQIQOT ASOSIY Yo'NALIShI kimyo sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini iqtisodiy samaradorligini oshirish bo'yicha nazariy-uslubiy, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Maxam-Chirchiq aksionerlik jamiyatining innovatsion faoliyati hisoblanadi. sanoat korxonalarining innovatsion faoliyat tushunchasining ilmiy nazariy asoslarini tadqiq etish; sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirishga ta'sir etuvchi omillar tasnifini aniqlash va o'rganish; kimyo sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish borasidagi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o'rganish va ulardan O'zbekiston sharoitida ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.16 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.16 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: pptx