Kimyo sanoati tarmoqlarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish yo'nalishlari MUNDARIJA Kirish …… 3 I-bob. Sanoat tarmoqlarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlanishining nazariy va uslubiy asoslari Innovatsion texnologiyalar asosida rivojlanishning nazariy asoslari …… . 8 1.2. Iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishning omillari va mezonlari…… 17 1.3. Sanoat tarmoqlarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishning xorij tajribasi …… 26 II-BOB. Kimyo sanoati tarmoqlari holati va rivojlanish tendensiyalari 2.1. Kimyo sanoatining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni38 2.2. Kimyo sanoatida innovatsion texnologiyalar rivojining iqtisodiy tahlili…… 45 2.3. O'zbekistonda kimyo sanoatini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan dasturlar…… 55 II-BOB. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kimyo sanoatini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari. 3.1. Sanoat tarmoqlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo'nalishlari……. 63 3.2. O'zbekiston Respublikasida kimyo sanoati tarmoqlarida innovatsion rivojlanishning istiqbolli yo'nalishlari…… 71 Xulosa va takliflar…… 85 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…… 89 KIRISh Hozirgi davrda O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiya qilishda bo'layotgan o'zgarishlar, globallashuv va integratsiyalashish jarayonlarining jadallashuvi, xalqaro raqobatning kuchayishi, texnologiyalardagi uzluksiz va muhim sifat o'zgarishlarining yuz berishi, sotish bozorlari va iste'molchilar talablarining tarkibiy o'zgarishlari har bir xo'jalik yurituvchi subyektdan raqobatbardosh mahsulot yaratish, ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlarni keskin kamaytirish va boshqaruvda bozor talablarini hisobga olgan holda optimal qaror qabul qilishni talab qilmoqda. Korxonalarda innovatsiya faoliyatini bozor talablari asosida tubdan o'zgartirish, boshqarishning zamonaviy va istiqbolli shakllarini joriy etish hamda modernizatsiyalash, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunning asosiy talabi va korxonaning bozor raqobati sharoitida yashab qolishning asosiy sharti hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish davrida O'zbekiston Respublikasida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va xususiy sektor tarmog'i rivojini jadallashtirish, soliq, bank va moliya tizimini takomillashtirish, uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasini isloh etish bosh vazifalar hisoblanadi, - deb takidlagan edilar. Zamonaviy korxonalarda innovatsiya jarayonlari boshqaruvini tashkil etish - iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida faoliyat olib borayotgan firmalar va korxonalarda mahsulot (xizmat) ishlab chiqarishning hayot sikli dagi barcha jarayonlarni mantiqiy ketma-ketlikda modellashtirish jihatlarini o'rganishdan iboratdir. Bozor munosabatlari murakkab jarayon bo'lib, unga tavakkalchilik va noaniqlik elementlari xosdir. Shuning uchun ham ushbu omillarni hisobga olib korxonalar va firmalarda har bir ishlab chiqarish zanjiri ni to'g'ri tashkil etish, korxonaning pirovard natijalariga erishishida yordam beradi. Shu munosabat bilan zamonaviy korxonalarda moliyaviy-xo'jalik faoliyatini innovatsiyalarga asoslangan qayta tashkil etish uslubiyatini yaratishning ahamiyati ortib bormoqda. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo'jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, chegaralangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo'llarini va shu asosda ularning samarali faoliyat yuritishlarini o'rgatuvchi bilimga bo'lgan ehtiyoj ortib boradi. Bu ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
199.64 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
199.64 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: docx