Kimyo sanoatida suv, havo va eritmalar Reja: 1. Kimyo sanoatida suv va havoning ahamiyati 2. Suvlarni klassifikatsiyalash va ulardan maqsadli foydalanish 3. Eritmalar 4. Sanoatdagi ishlab chiqarishga suv va havoni tayyorlash 1. Kimyo sanoatida suv va havoning ahamiyati Suv va havo turmushda hamda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida katta ahamiyatga egadir. Suv va havoning bunday keng miqyosda ishlatilishi ularning ko'pligi bilan bog'liq bo'lmay, balki ulardagi qator qimmatli ijobiy xossalardan kelib chiqadi. Kimyo sanoati suv va havoning yirik iste'molchilaridan biri hisoblanadi. Bu turdagi xomashyolar deyarli barcha kimyoviy ishlab chiqarishlarda turli xil maqsadlar uchun ishlatiladi. Zamonaviy kimyo korxonalari sutkasiga 1 mln. m3 gacha suv sarflaydi. Suv sanoatda erituvchi, katalizator, issiqlik tashuvchi sifatida, turli mexanizmlarda bosimni tashuvchi sifatida, qazilma boyliklarini qazib olishda va ularni yuvish kabi ishlarda, undan vodorod va kislorod olishda hamda boshqa maqsadlarda keng qo'llaniladi. Suv yer sharida eng keng tarqalgan birikmalardan biri hisoblanadi. Yer yuzasidagi suvning umumiy massasi 1,39·1018 t ni tashkil etadi deb baholangan, uning asosiy qismi dengiz va okeanlarga to'g'ri keladi. Suv atmosferada, tuproqda ham mavjuddir, u ko'pgina minerallar va tog' jinslarining tarkibiga kiradi, barcha tirik organizmlarning asosiy komponenti hisoblanadi. Suvning asosiy qismi quyosh energiyasi issiqligi va yer ichki qobig'ining issiqligi hisobiga doimo aylanma harakatda bo'ladi. Butun dunyo bo'yicha tabiatda suvning umumiy aylanma harakati (km3yil hisobida) quyidagicha bo'ladi: dengiz va quruqlik sirtidan bug'lanish mos ravishda 3300 va 6200, dengiz va quruqlikka yog'adigan yomg'ir mos ravishda 29500 va 100, yomg'ir suvlarini tuproq suviga o'tishi 6200, shu jumladan Dunyo okeaniga 3800. Gidrosferada maqsadli ishlatiladigan suvning umumiy zaxirasi hajm bo'yicha 0,3% ni tashkil etadi. Xalq xo'jaligida daryo suvlari muhim ahamiyat kasb etadi. Yer sharidagi barcha daryo suvlarining bir vaqtdagi zaxirasi taxminan 1200 km3 ni tashkil etadi. Yer sathini qoplab turgan quruq havo (suv bug'ini hisobga olmaganda) 78,093% azot, 20,95% kislorod, 0,932% argon, 0,03% karbonat angidrid hamda 0,03% vodorod, geliy, neon, kripton, ksenonlardan iboratdir. Yer sharini qurshab olgan atmosfera og'irligi 5*1015 t bo'lib, yer yuzidagi har bir kishiga taxminan 0,8 mln t havo to'g'ri keladi demakdir. Havoning xalq xo'jaligidagi va ayniqsa kimyo sanoatida ishlatilish doirasi juda keng bo'lib, u quyidagi yo'nalishlar bilan belgilanadi: issiqlik tashuvchi sifatida; ma'lum ishlarni takomillashtirishda; kimyoviy xomashyo manbai sifatida hamda turli kimyoviy reaksiya va jarayonlarda kimyoviy agent sifatida ishlatiladi. Masalan, xalq xo'jaligida havo kislorodidan foydalanish va uni ishlatishda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi: qora metallurgiyada ishlatiladigan kislorodning deyarli 65-75% i po'lat ishlab chiqarishda (ayniqsa konvertor usulida) sarflanadi; marten pechida sodir bo'ladigan kimyoviy jarayonlarni tezlatishda kislorod keng qo'llaniladi; zanglamaydigan po'latlarning deyarli ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
115.89 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
115.89 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: docx