Kimyo sanoatida xomashyo muammolari

Kimyo sanoatida xomashyo muammolari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo sanoatida xomashyo muammolari - rasmi

Material tavsifi

Kimyo sanoatida xom ashyo muammolari Reja: Kimyo sanoatida xom ashyo zaxirasi va tavsifi. Xom ashyolardan kompleks foydalanish usullari havo va suvning xom ashyo sifatida kimyo sanoatida qo'llanilishi. Har qanday ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismlaridan biri xom ashyodir. Xom ashyo deb, istemol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalari olish uchun sanoatda ishlatiladigan tabiiy moddalarga aytiladi. Kimyo sanoatida xom ashyo asosiy omil bo'lib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tan narxining 60-70 foizini tashkil etadi. Sanoat ishlab chiqarishda xom ashyo tushunchasidan tashqari dastlabki ashyo, tayyor mahsulot va chiqindi tushunchalari ham qo'llaniladi. Xom ashyo va dastlabki ashyoni bir - birisidan farq qilish kerak. Xom ashyo, sanoatda qayta ishlovdan o'tmagan tabiiy moddalardir. Biror - bir ishlab chiqarish uchun xom ashyo, yarim fabrikat, oraliq mahsulot, yarim mahsulot (asosiy material) ko'shimcha mahsulot va ikkilamchi ashyolar, dastlabki ashyo bo'lishi mumkin. Yarim fabrikat bu tabiiy xom ashyoni sanoatda dastlabki ishlov berish natijasida olingan materialdir. Oraliq mahsulot deb, xom ashyo yoki yarim fabrikatdan olingan individual moddalarga aytiladii. Qaysiki, u ayni korxonada boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun dastlabki ashyo bo'lib xizmat qilishi mumkin. Qo'shimcha mahsulot deb korxonada ishlab chiqarish jarayonida asosiy mahsulot bilan birga qo'shimcha reaksiyalar natijasida hosil bo'lgan individual modda yoki aralashmaga aytiladi. Ikkilamchi xom ashyo deb, o'z xizmat muddatini o'tab bo'lgan narsalarga va materiallarni - sanoatda ishlov berganda hosil bo'ladigan chiqindilariga aytiladi. Qaysikim, u chiqindilarni sanoatda qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish iqtisodiy foydalidir. Tayyor mahsulot deb xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida amalda foydalanish uchun korxonadan jo'natiladigan moddalar yoki materiallarga aytiladi. Chiqindi deb, texnologik taraqqiyotning ayni davrida amaliy ishlatish sohasini toamagan tashlandiq moddalar yoki materiallarga aytiladi. Bunday bo'lishlar, albatta, nisbiydir. Masalan, nitrat kislota, shu kislotani ishlab chiqarish korxonasining tayyor mahsuloti bo'lsa, o'g'it ishlab chiqarish korxonasining esa dastlabki ashyosi hisoblanadi. Xom ashyolar turli belgilariga qarab sinflarga bo'linadi. Kelib chiqishiga qarab, ular mineral, o'simlik va hayvon xom ashyolariga, agregat holatlariga qarab, qattiq, suyuq, neft sho'robalari, gazsimon havo, tabiiy gaz xom ashyolarga, tarkibiga qarab anorganik va organik xom ashyolarga bo'linadi. Mineral xom ashyolar o'z navbatida rudali, rudasiz va organik yoki yonuvchi xom ashyolarga bo'linadi. Rudali minerallar to'g'ridan to'g'ri ruda deb ataladi. Ruda deb, tarkibida metall oqlovchi tog' jinslari yoki boshqa mineral birikmalarga aytiladi. Ulardan metallar ajratib olinadi. Metallar ruda tarkibida asosan oksidlar va sulfidlar shaklida bo'ladilar. Ruda tarkibidagi asosiy komponent - metalldan tashqari har doim begona aralashmalar ham ushlaydi. Ishlab chiqarishda foydalanilmaydigan begona aralashmalarni chiqindi, bazan bekorcha jism deb ataladi. Tarkibida ajratib olishga etarli miqdorda bir necha metall saqlovchi rudalarga polimetall rudalar deyiladi. O'zbekistondagi rangli metall ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.58 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.58 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga