Kimyo sanoatining xomashyo bazasi va xomashyolarni boyitish usullari Reja: 1. Kimyo sanoatining xomashyo bazasi 2. Xomashyolarni klassifikatsiyalash 3. Xomashyo resurslaridan kompleks va samarali foydalanish 4. Xomashyolarni boyitish usullari 1. Kimyo sanoatining xomashyo bazasi Bizning mamlakatimiz xalq xo'jaligini mineral xomashyoga bo'lgan talabini amalda to'la ta'minlanishiga imkoniyati bo'lgan qudratli xomashyo bazasiga egadir. Xomashyo zahiralarining ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari - Olmaliq «Ammofos-Maxam» AJ, «Maxam- Chirchiq» AJ, «Farg'onaazot» AJ, «Navoiyazot» AJ, «Toshkent lokbo'yoq zavodi» OAJ QK, «Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi» UK, «Qo'ng'irot soda zavodi» UK, «Sho'rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ, «Qo'ng'irot natriy sulfat» MChJ QK va qator boshqa kimyo sanoati korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan hududlar - Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy, Sho'rtan, Dehqonobod va Respublikamizning boshqa hududlarida yirik kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Xomashyodan foydalanish nuqtai nazardan kimyo sanoatining asosiy xususiyatlari: yer osti xomashyo resurslari (fosfatli xomashyolar, kaliyli tuzlar, oltingugurt, tabiiy gaz, neft, ko'mir), qishloq xo'jalik mahsulotlari, havo va suv, shuningdek kimyo sanoatida xomashyoni qayta ishlash mahsulotlari (ftorli gazlar, sulfatlar, fosfogips va xokazo) va bir-biriga bog'liq tarmoqlar (masalan, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va koks kimyosi chiqindi gazlari) ni inobatga olgan holda xomashyo bazasining ko'p variantliligi; turli xil kimyoviy mahsulotlar olish uchun birgina xomashyodan kompleks foydalanishning keng imkoniyatlarini mavjudligi; birgina xomashyodan turli xil kimyoviy mahsulotlar olishga imkon beradigan ko'p turdagi kimyoviy qayta ishlash usullarining mavjudligi kabilarda yaqqol namoyon bo'ladi. Masalan, benzoldan kauchuk, polistirol, kaprolaktam, yadoximikatlar va boshqa mahsulotlar olinishi mumkin. Shu bilan birga usullarning xilma-xilligi bitta mahsulotning turli xil xomashyolardan olish imkonini beradi. Masalan, asetilen ishlab chiqarishda tabiiy gaz, neftni qayta ishlash gazlari, neft qazib olish yo'ldosh gazlari, kalsiy karbid; kaprolaktam ishlab chiqarish uchun esa - benzol, fenol, anilin yoki toluol ishlatilishi mumkin. Ko'pgina kimyoviy mahsulotlar bir necha yo'llar bilan olinishi mumkin. Masalan, sulfat kislota ishlab chiqarishning kontaktli va minorali usullari, superfosfat ishlab chiqarishning kamerali, oqimli va boshqa usullari, etil spirti ishlab chiqarishning bug'-fazali va sulfat kislotali gidratatsiya usullari va xokazo ko'rsatish mumkin. Kimyo sanoatida tog'-kon ruda, neft, gaz, o'rmon va sellyulozaqog'oz sanoatlari, qora va rangli metallurgiya korxonalarining mahsulotlari xomashyo sifatida ishlatiladi. Masalan, misli, ruxli, qo'rg'oshinli ruda va konsentratlarni kuydirishda hosil bo'ladigan rangli metallurgiya chiqindi gazlaridan ajratib olinadigan sulfit angidrid sulfat kislota ishlab chiqarishning qimmatbaho xomashyosi hisoblanadi. Oltingugurtli xomashyoni kuydirishga sarflanadigan maxsus xarajatlarsiz har bir tonna mis metali suyuqlantirib olish hisobiga 10 t dan ortiq sulfat kislota olish mumkin bo'ladi. Xomashyodan to'la va kompleks foydalanish, tarkibidagi asosiy modda miqdori kam bo'lgan xomashyolarni qayta ishlash imkoniyatini yaratish, kimyo sanoati ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
294.1 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
294.1 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: docx