Kimyo sanoatining xomashyosi

Kimyo sanoatining xomashyosi

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo sanoatining xomashyosi - rasmi

Material tavsifi

Kimyo sanoatining xomashyosi Reja: 1. Xomashyoning klassifikatsiyasi 2. Xomashyolarining manbalari 3. Xomashyoni boyitish usullari 4. Xomashyoni kompleks ishlatilishi Tayanch so'zlar: mineral xomashyosi, o'simlik xomashyosi, hayvonot xomashyosi, ma'dan xomashyo, noma'dan xomashyo, konsentrlangan, oziq-ovqat xomashyosi, xomashyoni kompleks ishlatish, rangli, qora metallurgiya, yoqilg'i, energetika, mexanik boyitish, termik boyitish, kimyoviy boyitish, elektromagnit boyitish, flotatsion boyitish, fizik-kimyoviy boyitish, gravitatsion boyitish, elektromagnit separator. Kimyo sanoati juda ham katta miqdordagi xomashyoni qayta ishlab, ularni kerakli mahsulotlarga aylantiradi. Ko'p hollarda 1 t mahsulot olish uchun 3-5 t xomashyoni sarf qilishga to'g'ri keladi. Xalq xo'jaligi turli sohalarining kimyo sanoati mahsulotlariga bo'lgan talabining yil sayin ortib borishi xomashyo zaxirasini va uning turlarini kengaytirishni talab etadi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy materiallar xomashyo deb ataladi. Xomashyo ko'p hollarda mahsulotning tannarxini va sifatini belgilaydi. Tayyor mahsulot tannarxining 60-70% ni xomashyo tashkil qiladi. Xomashyoning klassifikatsiyasi Kimyo sanoatida xomashyo turli belgilariga qarab bir necha turlarga bo'linadi. Kimyoviy tarkibiga qarab ikki turga bo'linadi: anorganik va organik. Kelib chiqishiga qarab quyidagi asosiy guruhlarga bo'linadi: 1) mineral; 2) mineral bo'lmagan; 3) o'simlik; 4) hayvonot. Bu to'rtta guruh o'z navbatida bir necha guruhlarga bo'linadi. Yer qa'ridan olinadigan hamma foydali qazilmalarga mineral xomashyo deb ataladi va ular ma'danli, noma'dan va yonuvchan xomashyo sinflarni tashkil etadi. Ularni qayta ishlab asosan metallar, metall qotishmalari, hamda kimyoviy mahsulotlar olinadi. Masalan, sulfidli rudalarni qayta ishlaganda mis, rux va nikel metallari bilan-bir vaqtda sulfat kislota ham olish mumkin. Xomashyolarga tarkibida oltingugurt tutgan tog' jinslari, fosfatlar, tabiiy kaliyli tuzlar, osh tuzi, qum, tuproq va boshqalar kiradi. Ular asosan o'g'itlar, tuzlar, kislota va ishqorlar, sement, shisha va keramik buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yonuvchi mineral xomashyoga yer qa'rida uchraydigan ko'mir, neft va tabiiy gaz kiradi. Ulardan asosan issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda yoqilg'i sifatida va qator kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. O'simlik va hayvonot xomashyolariga yog'och, teri, jun, ipak va x.k. kiradi. Havo va suv ham arzon xomashyo turiga kiradi. Havodan azot va kislorod olinadi. Suvdan esa vodorod va kislorod olish mumkin. Suv yana ko'pchilik jarayonlarda qatnashadi, hamda qattiq suyuq va gaz moddalarni eritishda ishlatiladi. Turli moddalarni xomashyo sifatida ishlatilishi ularning bahosiga, yerdagi zahirasiga, qazib olinishiga hamda texnikaning rivojlanish darajasiga bog'liq. Xomashyo muammosini hal qilishda, asosan, quyidagi yo'nalishlarda izlanishlar olib borish zarur: 1. Xomashyoning arzonroq turlarini qidirib topish va ishlatish. 2. Konsentrlangan (boyitilgan) xomashyoni ishlatish. 3. Xomashyoni kompleks ishlatish. 4. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan xomashyoni boshqasiga almashtirish. Xomashyolarining manbalari Hozirgi vaqtda yer bag'ridan mineral xomashyoning 400 turi qazib olinmoqda. Shulardan 85% yoqilg'ilar (neft, gaz, ko'mir) ga, 12% qora ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.64 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.64 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga