Kimyo ta'limi metodikasi fani va o'quv predmeti. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari

Kimyo ta'limi metodikasi fani va o'quv predmeti. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo ta'limi metodikasi fani va o'quv predmeti. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Kimyo ta'limi metodikasi fani va o'quv predmeti. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari Reja: 1. Kimyo ta'limi metodikasi fani. 2. Kimyo fanini maktabda hamda akademik lisey va kasb-hunar kollejlarda ham fan, ham o'quv predmeti sifatida. 3. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari. O'rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo o'qitish metodikasi kimyo fanini o'qitish uslubiyotiga bag'ishlangan o'quv kursi ekanligi, kimyo o'qitish metodikasi fanining asosiy vazifasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, uning maqsad va vazifalari. Kimyo o'qitish metodikasi kursining matni O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni O'zbtkiston o'rta ta'lim konsepsiyasi, umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo o'qitish yo'riqnomasida ko'rsatilgan istiqlol munosbati bilan Respublikamizning umumiy o'rta ta'lim maktablarida hamda oliy o'quv yurtlari oldiga qo'yilgan asosiy maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda tayyorlandi. O'zbekiston Respublikasi yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bu yerda mashhur D.I. Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Masalan: 105 ta neft, gaz, 155 ta istiqbolli kon, rangli nodir va radioaktiv metallar bo'yicha oltin, mis, uran, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kalionlar va boshqa mahsulotlar. Kimyo o'qitish metodikasi to'g'ri metod bilan olib borilishi kerak. Bu metod ishning g'oyaviy- siyosiy yo'nalishiga, uni bajaruvchining malakasiga bog'liqdir. O'qitishni umumiy maqsadlariga muvofiq kimyo o'qitish uslubiyoti oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi: 1. Kimyo o'qitishning aniq maqsadlari va o'quv predmetining mazmunini aniqlash; 2. Qo'yilgan maqsadlarga yetishishga qaratilgan ko'proq ma'qul uslublar va o'qitishning tashkiliy shakllarini ishlab chiqish; 3. Kimyo o'qitishning zarur vositalarini ko'rib chiqish va kimyo o'qituvchisi ish amaliyotida ularni qo'llash bo'yicha yo'riqnomani ishlab chiqish; Boshqa so'z bilan aytganda xuddi har qanday dars uslubiyoti oldida turganidek kimyo o'qitish uslubiyoti oldida ham an'anaviy quyidagi savol turadi. O'qituvchi oldiga predmetni o'qitishda aniq maqsad, vazifalar qo'yish yoki nima uchun o'qitish savollariga javob berishni ilgari suradi. Kimyo predmeti o'quv mazmuni didaktik maqsad va talablarga javob berishi kerak yoki nimani o'qitish kerak. O'qitishning mazmuni metodlar, shakllarini aniqlash yoki predmetni qanday o'qitishga javob izlaydi. Predmetning mazmunini o'quvchilar o'zlashtirib olishlari masalasi yoki o'quvchilar qanday o'qiydilar. Kimyo o'qitish uslubiyoti mazmunini uning umumiy, nazariy, asosiy savollari (kimyo umumiy uslubiyoti) va alohida bo'limlarini o'rganish savollari (alohida yoki maxsus) tashkil etadi. Kimyo predmetini o'qitish maqsadlarini aniqlashda birinchi navbatda umumta'lim maktablarida akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida o'qitish va tayyorlashni umumiy maqsadalariga asoslanmoq zarur. Umumiy o'rta ta'lim maqsadi, bu ta'lim, tarbiya va davlat o'quv standartlariga muvofiq o'quvchilarni fikrlash, jismonan, jarayonlarida bilimlari asosini to'liq egallashini ta'minlash, o'quvchlarga dunyoning hozirgi ilmiy ko'rinishini shakllantirishda, kimyo fanining ahamiyatini, anglagan holda ratsional ko'nikmalarini hosil qilish. O'quvchilarda kimyo faniga bo'lgan qiziqish va mehr, shu predmetga mas'uliyatli munosabat uyg'otish, kimyo fanuining hozirgi davrdagi roli va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.29 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.29 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga