Kimyo ta'limida dastlabki kimyoviy tushunchalarni shakllantirishning nazariy asoslari Reja: Kimyo ta'limini eng muhim uch funksiya asosida o'rganish. Kimyo kursida atom - molekulyar ta'limotini o'rganish. Mavzu mazmunining tahlili Dastlabki kimyoviy tushunchalarning mazmuni Mavzuning o'rganishning metod va manbalari Kimyo o'qitish nazariyasi va metodikasida maktab kimyo kursi mazmunini uchta funksiya: ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi holatlarda o'rganish eng muhim bosh masala bo'lib hisoblanadi. Maktab kimyo kursi shunday tuzulganki, uning har bir bosqichining o'z nazariy konsepsiyasi mavjud. Bu konsepsiyaning bosh vazifasi: eng muhim kimyoviy tushunchalar, element haqidagi bilimlar, modda, kimyoviy reaksiyalari, kimyoviy ishlab chiqarish, o'quvchilarni element xossalarini bashorat qilishiga o'rgatish kabi bilimlarni shakllantirish, boyitish, nazariy jihatdan rivojlantirishdan iborat. Kimyo o'qitishning aniq masalalarini ko'rib chiqishda quyidagicha ketma - ketlikka asoslanamiz. Avvalo har bir nazariy konsepsiyani o'rganishning metodikasini ko'rib chiqamiz. Keyin, eng muhim kimyoviy tushunchalarni shakllantirish, rivojlantirish, faoliyatga tadbiq etish, ular orasidagi nazariy bog'lanishlar tizimiga kiritishdan iborat. Maktab kimyo kursida atom - molekulyar ta'limot, dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusida o'rganiladi. Maktab kimyo kursining boshlang'ich tushunchalari, kirish qismi aynan shu mavzu bilan boshlanadi. Bu mavzudagi tushuncha qoida, qonun, nazariya faktlari - tayanch bilimlar deb atalib kimyo kursining kelgusi boshqichlarida shu belgilarga asoslanadi. Dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusini o'rganishning maqsadlari quyidagilar: Ta'limiy maqsad: Modda haqida, kimyoviy elementlar, kimyoviy reaksiyalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish. Atom - molekulyar ta'limotining asosiy qoidalarini ongli holatda egallash. Tarkibining doimiyligi qonuni, modda massasining saqlanish qonuni, mohiyatini o'rganish va ularni qo'llashga erishish; Oddiy kimyoviy asbob- uskunalar va tajribalarni amalga oshirish kimyoviy tajribalarni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni o'rganish. Tarbiyaviy maqsad: Fizika, biologiya, tabiatshunoslik kabi fanlar bilan aloqadorlikni ta'minlash orqali dialektik - materialistik ishonchini shakllantirish; atom molekulalarning realligi va olamning materiyadan jihatidan birligini shakllantirish; Ilmiy kashfiyotlarning ochilishi qiyinligini ko'rsatish bilan mehnatsevarlikni tarbiyalash, O'zbekiston kimyogar olimlari kashfiyotlari orqali vatanparvarlik tarbiyasini berish. Kimyo faniga qiziqishni shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsadi: Kimyoviy tushunchalar mohiyatini anglab olishda dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusi juda katta rol o'ynaydi. O'quvchining dunyoqarashini shakllantiradi. Mavzu mohiyatini qo'llash orqali o'quvchilarda fikrlash usullari, chog'ishtirish, analiz va sintez qilish kabi tafakkuriy qirralarini takomillashtirish. Kimyo fani metodlari bilan tanishish orqali o'quvchilar kuzatish, xulosa chiqarish, muhokama qilish kabi ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Atom va molekula haqidagi tushunchalar, kimyoviy simvolika haqidagi bilimlar orqali o'quvchilarda abstrakt tafakkur rivojlanadi. Normal bo'lmagan bilimlarning shakllanishi va rivojlanishini ta'minlash. Mavzu mazmunining tahlili. Har bir kimyoviy nazariya o'zida o'zaro bog'langan tushunchalarning murakkab tizimdan iborat. Ettinchi sinf kimyo kursining birinchi nazariy mavzusi dastlabki kimyoviy tushunchalar bo'lib hisoblanadi. Unga atom molekulyar nazariya mohiyatining nazariy konsepsiyasi bayon etiladi. Bu mavzuning nazariy konsepsiyasini o'quvchiga birdaniga berish mumkin emas. Avvalo ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.04 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.04 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: doc