Kimyo ta'limida noan'anaviylik tamoyillari

Kimyo ta'limida noan'anaviylik tamoyillari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo ta'limida noan'anaviylik tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Kimyo ta'limida noan'anaviylik tamoyillari O'quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularning aqliy qobiliyatini o'stirish va bilish faolligini oshirish hamda o'quv predmetiga qiziqishini orttirish uchun kimyo ta'limida didaktik o'yinlardan foydalanish katta ahamiyatga egadir. Bunda yangi bilmilarni o'zlashtirish, o'quv va ko'nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirish, umuman, kimyoni o'rganish jarayonining samaradorligini oshirish, o'quvchilarni charchashdan asrash, ularning kommunikativ va intellektual qobiliyatlarini ko'tarish imkoniyatlari mavjud bo'lib, o'qitishning faol metodlaridan, ta'lim va tarbiyaning noan'anaviy shakl va usullaridan keng miyosda foydalanish, predmet va hodisalarni ularning o'zaro aloqadorligi, harakati va rivojlanib borishi asnosida o'rganish yo'llari ochiladi. Didaktik o'yinlar o'quvchilarning mustaqil fikrlash, topqirlik, izlanuvchanlik, hozirjavoblik, mantiqiy xulosalar chiqara olish, o'z ustida ishlash, malum va nomalum jihatlarni solishtira olish, mavjud bilimlarga tayangan holda mushohada yuritish kabi imkoniyatlarini ishga solishda katta yordam beradi. Mazkur ma'ruzada o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish yo'nalishi bo'yicha dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar hamda ularning bo'sh vaqtlaridan maqsadli foydalanish yo'lida ijobiy natijalar beruvchi didaktik o'yinlarni tashkil etish va amalga oshirishning mazmun va metodikasiga oid materiallarni bayon etamiz. X u l o s a l a r 1. Didaktik o'yinlar ta'lim va tarbiya jarayonida muhim o'rin egallaydi. 2. Bunday o'yinlar o'quvchilarning kimyo predmetiga qiziqishini oshiradi va bilish faolligini kuchaytiradi. 3. qo'shimcha bilimlar olishda va ijobiy his-tuyg'ular hosil qilishda didaktik o'yinlarning imkoniyati kattadir. 4. Kimyoviy tafakkurni shakllantirish, predmetlararo aloqani amalga oshirish, o'qitishning an'anaviy va noan'anaviy usul va metodlaridan o'zaro bog'liq holda foydalanish borasida ham didaktik o'yinlar yuksak pedagogik va psixologik ustunlikka egadir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.96 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.96 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga