Kimyo ta'limining maqsad va vazifalari

Kimyo ta'limining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo ta'limining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Kimyo ta'limining maqsad va vazifalari Reja: Kimyo ta'limining maqsadi Kimyo ta'limining vazifalari Kimyo ta'limining Davlat ta'lim standarti va uning vazifasi Kimyo ta'limi standartining asosiy bo'limlari to'g'risida tushuncha Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi kimyo ta'limi pedagogik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, ta'limning umumiy maqsadlariga muvofiq o'quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida ta'lim- tarbiya sohasini isloh qilish natijasida to'plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida amaldagi ta'lim-tarbiya tizimini hozirgi taraqqiyot va kelgusidagi talablar darajasiga ko'tarishga, uni takomillashtirishga jiddiy e'tibor berish zarurligi ta'lim- tarbiyaning uzluksizligini ta'minlashdan kelib chiqib, «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Shu munosabat bilan barcha o'quv predmetlari qatori kimyo ta'limi oldiga ham aniq vazifalar qo'yildi. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunga muvofiq: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'limi konsepsiyasini qayta ishlab chiqish; Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'limi konsepsiyasidan kelib chiqqan holda, uning standartini ishlab chiqish taqozo qilinadi. Kimyo ta'limi standarti kimyo o'quv predmetining majburiy mazmunini belgilab beradi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'limi standarti, kimyo ta'limi tizimidagi barcha komponentlarni: ta'limning mazmuni, maqsadi, ta'limning uzluksizligi, tashkiliy shakllari, usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko'rib chiqish mezoni hisoblanadi. Kimyo ta'limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta'limining yo'nnalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o'quvchilarning siyosiy - g'oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo'lgan ijobiy munosabat, qadimgi yashab ijod etib o'tgan buyuk mutafakkirlar, keyingi yillarda olimlarimizning kimyo sohasidagi erishgan yutuqlariga oid o'quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo'lgan e'tiqodni shakllantirish, kasbga yo'naltirish ko'zda tutiladi. Kimyo ta'limi standarti-kimyo o'qitishda o'quvchilarga beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmuni negizini belgilovchi ko'rsatkichlar, shuningdek o'quvchilarning tayyorgarlik darajasidagi bilim va amaliy faoliyatlari darajasi me'yorini belgilaydigan mezon bo'lib hisoblanadi. Kimyo ta'limi standarti - umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta'limi dasturi va o'quv materiallarining hajmini belgilab beruvchi mezon bo'lib xizmat qiladi. Kimyo ta'limi standarti - kimyo ta'limida o'qituvchilarning davlat va jamiyat oldidagi vazifalari, burchi va javobgarligini qay darajada his qilishlari mezoni bo'lib ham hisoblanadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'limi standarti-kimyo o'quv predmetidan o'quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o'quvchilar egallaydigan bilim, hosil qiladigan amaliy ko'nikma va malakalar hajmini ko'rsatuvchi me'yor bo'lib, umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi kimyo ta'limi negizini belgilovchi ko'rsatkichlar o'quvchilarning kimyo ta'limidan tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar majmuasidan iborat bo'lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilar oladigan bilimlarning zarur hajmiga asos soladi, o'quvchilardagi tashkilotchilik qobiliyati, malakalari va amaliy tajribasini ruvojlantiradi. Davlat ta'lim standartlarida kimyo ta'limi sohasida quyidagicha standartlar belgilangan: Kimyo ta'limi sohasiga o'quv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.42 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.42 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga