Kimyo ta'limining og'zaki, ko'rgazmali, amaliy metodlari. (monologik va diologik metodlar) Reja 1. Monologik metodlar: tavsiflash, tushuntirish, so'zlab berish, ma'ruza haqida tushuncha berish. 2. Dialogik metodlar: suhbatlar, seminarlar, disput tushunchalari 3. Tajribalar o'tkazish o'qituvchining og'zaki nutqlari bilan uyg'unlashtirish. 4. Mustaqil ishlash metodlari: amaliy va laboratoriya metodlari O'rganiladigan asosiy tushunchalar: Monologik metodlar- so'zlab berish, ma'ruzalar, Diologik metodlar, suhbatlar, seminarlar, laboratoriya tajribalari - yangi bilimlar olish, yangi materialni o'rganish amaliy mashg'ulotlar. Kimyo o'qituvchisidan o'quv materialini o'zi bayon etishi, talabalarni ham mustaqil ishlashga o'rgatish talab etiladi. Shu talabga asosan kimyo o'qitishning metodlari 2 ga bo'linadi: 1. bayon etish metodlari.(monologik va diologik metodlar) 2. mustaqil ishlash metodlari. Maktablarda eng ko'p qo'llaniladigan metodlar: 1. O'qituvchining o'quv materialini bayon etish metodlariga, bunda so'zlab berish, ma'ruza, suhbatlar, ekskursiyalar, demonstratsion tajribalar va ko'rsatmali o'qitishning boshqa vositalaridan foydalanish Monologik metodlar- so'zlab berish, ma'ruzalarga, bo'linib, o'quv materiali mazmunini o'qituvchining o'zi tushintiradi. Bu metodda o'quvchilar faktlar, eksprement orqali kuzatib o'rganadilar: fandagi ma'lum bilimlar atrof muhit himoyasi, element va moddalarning sodir bo'lishi tarzida ko'rgazmali holda ifodalanadi. Tushuntirish metodi qo'llanganda o'quvchilarga nazariy bilimlar mohiyati ochib beriladi. Moddalar massasining saqlanish qonuni atom - molekulyar nuqtai - nazaridan tushuntirilganda yoki elementlar xossalarining davriy ravishda takrorlanish kabi holatlar tushintirilganda tushunchalar ketma - ket ochilib umumlashtiriladi. Ma'ruza - metodi ancha vaqt olinadigan monoton metod bo'lib hisoblanadi. Maktab ma'ruzasi 30 minutdan ko'proq vaqtni olib asosan yuqori sinf o'quvchilari va talabalar uchun qo'lay. Monoton metodda o'qituvchi o'zining nutqi ravonligiga katta e'tibor beradi. O'qituvchi nutq ravonligi, sofligi, mazmunli holda materialni izohlash bilan o'quvchilar diqqatini o'ziga torta bilishi kerak. Diologik metodlar- bularga har xil suhbatlar, seminarlar, misol bo'lib o'qituvchi va o'quvchi orasida bog'lanishli nutq tarzida olib boriladi. Suhbat - bu o'quvchi va o'qituvchi orasidagi diolog bo'lib hisoblanadi. O'qituvchining savollariga o'quvchi javob beradi yoki aksincha. Maktab amaliyotiga keyingi vaqtlarda Yangi pedagogik texnologiya tarzida seminar darslari kirib keldi. Masalan, uglevodorodlarning xossalari ularning tuzilishiga bog'liqligi kabi mavzulari seminar tarzida o'rganilsa, o'quvchilarda tafakkur qirralari o'sib tayanch bilimlarni qo'llash orqali rivojlanish bo'ladi. Bu metod ko'proq yuqori sinflarda olib boriladi. 2. Mustaqil ishlash metodlari- laboratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlar, kimyodan masalalar yechish va adabiyotlar bilan ishlash. Kimyo o'qitishda ko'rsatiladigan eksperimentlardan foydalanish eng muhim metod sanaladi. Kimyo o'quv predmetining o'ziga xos xususiyati ham shu nazariy mazmunning bir vaqtning o'zida mavhum holda emas, isbotiy bo'lishi bilan ahamiyatlidir. Demonstransion eksperimentni o'qituvchi, laborant yoki talaba ko'rsatib turishi va o'qituvchi izohlab borishi mumkin. Kurs boshida hali o'quvchilarda kimyoviy tajribalarni bajarish ko'nikma va malakalar rivojlanmaganda o'qituvchi o'zi yoki laborant o'tkazadi. Demonstrasion tajribalar ayniqsa foydali holat ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.93 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.93 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: doc