Kimyo ta'limining tashkiliy shakli bo'lgan dars, va uning xususiyatlari

Kimyo ta'limining tashkiliy shakli bo'lgan dars, va uning xususiyatlari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo ta'limining tashkiliy shakli bo'lgan dars, va uning xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Kimyo ta'limining tashkiliy shakli bo'lgan dars, va uning xususiyatlari Reja: Dars ta'lim - tarbiya ishini tashkil etishning asosiy shakli. Darsning umumpedagogik didaktik va metodik maqsadi. Kimyo darslarini rejalashtirish. Dars tizimi jarayoni. Kimyo darslari klassifikasiyasi. O'rganiladigan asosiy tushunchalar: Dars ta'lim - tarbiya ishini tashkil etishning asosiy shakli, darsning umumpedagogik didaktik va metodik maqsadi, kimyo darslarini rejalashtirish, yillik va yarim yillik rejalashtirish, tematik rejalashtirish, har bir dars rejasi, dars tizimi jarayoni, darslari klassifikasiyasi. Dars - maktabda ta'lim - tarbiya, yani o'quv ishining tashkil etishning asosiy shakli bo'lib hisoblanadi. Dars bu - didaktik vazifalar: ta'lim beruvchi, tarbiyalovchi, o'quvchilarni rivojlantiruvchi tizim qo'llaniladigan, o'qituvchi tomonidan ma'lum jarayonda ta'lim mazmuni, ta'minoti shakl va metodlarini tadbiq etgan asosiy tashkiliy shakldir. Aniq qo'yilgan maqsad o'qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur faktik materialni tanlab olishiga imkon beradi. Qo'yilgan maqsadga qarab, darsda o'qitiladigan konkret material har xil bo'lishi mumkin. Dars 3 qismga bo'linadi: Kirish Asosiy qism Xulosa Darsning kirish qismida- o'quvchilar bilan tanishish, o'quvchilar e'tiborini ishning o'ziga jalb etish, umuman sinfni o'quv ishiga tayyorgarligini ko'rib chiqish kerak. Darsning asosiy qismida - so'rash va baholash kiradi. Yangi materialni bayon etish. Materialni umumlashtirish va puxtalash, uyga topshiriq berish. To'g'ri tashkil etilgan uy topshiriqlari - o'quvchilarda mustaqil ishlash malakalari hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir Tipik dars quyidagi sxema asosida tuzilgan. Sinfni o'quv ishiga tayyorlash. So'rash. Yangi materialni bayon etish. Materialni umumlashtirish va puxtalash. Uyga topshiriq berish. Darslar xilma-xil bo'lish mumkin: Har xil dars - o'quvchilarda bilimga havas hosil qilishning va bu havasni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir. Ta'lim-tarbiya jarayoni juda xilma-xildir: ko'zlangan maqsadga va materialning mazmuniga qarab, ta'lim-tarbiya jarayoni bir qolipga solingan tashkiliy formalarni emas, balki jonli, xilma-xil tashkiliy formalarni talab etadi. Darslar- yangi materiallarni o'rganish, amaliy mashg'ulotlar darsi, mashq va masalalar darsi, nazorat darslari va boshqalar. Darsga shu sababli katta talab qo'yiladi. Asosiy talab ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni bajarish bo'lib hisoblanadi. Har bir darsning funksiyasi uning didaktik maqsadlaridan kelib chiqadi. Har bir darsning dars tizimidagi o'rnini aniqlash lozim. Shu dars mavzusi tizimida qanday o'rin egallashini aniqlab olish muhimdir. Kimyo ta'limi dasturi tahlil qilinganda avvalo uning ta'limiy funksiyasi hisobga olinadi. Shu jarayonda eng muhum tayanch bilimlar- kimyoviy tushunchalar, nazariyalar, qonunlar, faktlar, hisobga olinadi. Ana shu tayanch bilimlar o'qitish jarayonining mazmuni, bir - biriga bog'liqligini, ketma - ketligini ochib beradi. Bu jarayonda o'qituvchi o'zi va darslikdagi tayanch bilimlar mazmunini naqadar o'quvchilar ongiga yetkaza bilishi asosiy ish yoki faoliyat darajasining mezoni bo'lib hisoblanadi. Darsda tarbiyaviy funksiyani amalga oshirish shu mavzu mazmuni asosida o'quvchilarda ilmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.57 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.57 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga