Kimyo tarixi haqida ma'lumot

Kimyo tarixi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo tarixi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

KIMYo TARIXI HAQIDA MA'LUMOT Butun dunyo kimyogar olimlari, jumladan italiyalik M. Djua kimyo tarixini quyida keltirilgan beshta katta davrga bo'lishni taklif qildilar. A. Kimyoning alkimyodan avvalgi davri. Bu davr dunyoda madaniyat boshlanishidan tortib to IV asrga qadar davom etgan. Bu davrda tajribada qo'lga kiritilgan bilimlar avloddan avlodga o'tib kelgan. Ularni birlashtiruvchi tu-shunchalar hali yaratilmagan edi. Xomashyolardan mis, bron-za, temir, shisha, bo'yoq va boshqa mahsulotlar ishlab chi-qarish asosini tashkil etgan kimyoviy jarayonlar haqida-gi ta'limot ko'pming yillik tarixga ega. Insonlar juda qadim zamonlardan beri oltin, simob, kumush, oltingugurt kabi elementlarni, osh tuzi, achchiqtosh kabi murakkab moddalarni yaxshi bilganlar. Amaliy kimyo Miloddan qariyb 400 yil ilgari Misr, Messopotamiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida rivojlana boshlaydi va kimyoviy bilimlar Misrdan qadimgi dunyoning turli qismlariga tarqalgan. Kimyo so'zining kelib chiqishi haqida har xil fikrlar bor: birinchisi: Kimyo - bu arab tilida «qora» degan manoni bildiradi; bu so'z Nil daryo bo'ylaridagi qora tuproqli joylarda amaliy kimyo taraqqiy etganidan kelib chiqqan bo'lsa kerak; ikkinchisi: «kimyo» so'zi yunoncha so'z bo'lib, asl metallar ishlab chiqarish texnologiyasini bildiradi. Xemeya - quyma metall (grekcha so'z), yoki xumia - o'simlik sharbati, Chemia - sharbat yaratish san'ati, yoki metall quyish san'ati degan manoni bildiradi. Eski xitoy tilida kimyo - oltin ajratib olish degan manoni bildiradi Metall so'zi izlash manosini bildiradi. Eng dastlabki metall-mis, oltin-bronza asri, temir asrida vujudga keldi. Osiriylar armiyasi temirdan eng birinchi qurol yasab (900 yilda bizning eramizgacha ) urushlar qilgan. Tabiat hodisalariga falsafiy nuqtai nazardan qarash dastlab Yunon mamlakatidan boshlandi. Yunon olimlari materiya qaerdan kelib chiqqan degan savolga javob izlay boshlaydilar. Chunonchi, yunon olimi Fales (Miloddan 7 asr ilgari) fikricha dastlabki materiya suv bo'lib, barcha narsalar suvdan hosil bo'ladi. Undan qariyb bir asr keyin boshqa bir yunon olimi Anaksimen barcha narsalar havodan hosil bo'lgan deb taxmin qilgan. Miloddan V asr ilgari o'tgan Geraklit hamma narsa olovdan kelib chiqqan deb aytgan. Uning fikricha, material uzluksiz harakat qilib turadi. Miloddan 490-430 yil avval o'tgan yunon olimi Empedokl barcha narsalar to'rtta asosiy modda-suv, havo, olov va tuproqdan hosil bo'lgan deydi. Bu qarashlarni biz o'ziga yarasha nazariy kimyo - naturafilosofiya deb ataymiz. Bu asosan grek filosoflari bo'lib, ular tabiatni umumiy, yagona deb tushuna boshladi. Buning asoschisi Fales Milanevskiy bo'lib, u moddalarning xossalarini - tabiatdagi sifat o'zgarishlari belgilaydi deydi. Boshqa grek filosofi Aristotel tabiatning yaratilishi asosida-issiqlik, sovuqliq, quruqlik va namgarchilik yotadi deydi. Shu to'rt element birlamchi asos qilinib, yuqoridagi 4 asosiy substant yaratiladi. U to'rtalasi mavjud va mavjud bo'lmagan yagona beshinchi element-efirsentsial (tanlangan) mavjud deydi. Aristotel -qattiq, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 504.44 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 504.44 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga