Kimyo tarixi predmeti. Kimyoviy tushunchalarning vujudga kelishi Reja: Kimyo tarixi faniga kirish Kimyo fanining asosiy muammosi Kimyodan Nobel mukofotining sovrindorlari Kimyo fanining rivojlanish bosqichlari Juda qadim zamonlardan beri odamlar tevarak-atrofdagi tabiat bilan doimiy muloqotda bo'lib, unga kimyoviy vositalar ta'sirida o'zlari uchun zarur material va mahsulotlar yaratganlar. Masalan: metall eritish, shisha va sopol, gazlamalar uchun buyoq tayyorlash, teri oshlash, non yopish va h.k. lar. Shu nuqtai - nazardan qarasak kimyo inson faoliyatining eng qadimgi sohasi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. U hali fan emas, balki faoliyat sohasi edi. Kimyo hozirgi tasavvurimizdagi fanga aylanishi uchun ming yillar kerak bo'ldi. Kimyoviy bilimlar ko'lami juda keng. Kimyo fani - atrofimizni o'rab olgan butun olamni, uning xilma - xil shakllarini va olamda sodir bo'ladigan turli tuman hodisalarni tekshiruvchi tabiat fanlaridan biridir. Tabiat, butun olam inson ongidan tashqarida va inson ongiga bog'liq bo'lmagan holda mavjuddir. Olam materiyadan iborat, mavjud narsalarning hammasi doimo harakat qilib turadigan materiyaning har xil turlaridir. Moddani chuqur bilish va undan inson farovonligi yo'lida foydalanish kimyoiing hozirgi asosiy masalasidir. Kimyo fani jonli va jonsiz tabiatni tashkil qilgan moddaglarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ro'y beradigan o'zgarishlarni va bu o'zgarishlar orasidaga bog'lanishlarni tekshiradi. Butun koinot, jonli va jonsiz olam, koinotda sodir bo'ladigan barcha jarayonlar doimo o'zgarishda va rivojlanishda. Tarix - hayot muallimi deyishadi. Bu fikr asosida Ostvald haqiqatdan ham, iisoniyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini fanlar tarixini o'rganib ularni umumlashtirish natijasida yaratish mumkin degan fikrni olg'a surdi. Demak, fanlar tarixida insoniyatning rivojlanish yo'lini ko'rish mumkin. Tarixni o'rganish,tsa albatta jamiyat qanday va qachon boshlangan, qachon tutaydi degan savol tug'iladi. 1970 yilda Yaponiyaning Omron-firmasi SINIG (sret -don, Innovation -innovatsiya, need-ehtiyoj, impetus -yugurish, cycle -sikl. «Innovatsiyadan- ehtiyojga tomon») nazariyasini yaratib, unda jamiyat rivojlanishi o'z navbatida har bir fanning tadqiqot asosini, uning tarixini, alohida texnologiyasini sistemali o'rganishni talab qilishini ko'rsatdi. Bu nazariya tabiat sirlarini tushuntiruvchi fanlardan biri bo'lib qolmasdai, hayotdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanmish - kimyo faniga ham bevosita taalluqlidir. Haqiqatdan ham, kimyo fani jamiyatda fanlar orasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Kimyo hayotimizni ta'minlab turuvchi vosita bo'libgina qolmasdan, kundalik yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda asosiy qurol bo'lib ham xizmat qiladi. Shuni hisobga olgan akademik V.A.Koptyug Nazariy va Amaliy Kimyo xalqaro Komiteti (Internetional Union of Pure and Applied Chemistry) ning 35 Bosh Assambleyasi yig'ilishida Kimyoning boshqa fanlarga va jamiyatdagi progressga ta'siri kattaligini keng jamoatchilikka tushuntirish kerakligani uqtiradi. Kimyo dunsni tashkil etgan elementlarni ham, shu elementlardan hosil bo'lgan turli - tuman oddiy va. murakkab moddalarni ham, ularning bir-bnriga aylanishiga doir ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.53 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.53 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: doc