Kimyo texnologik sistemalar

Kimyo texnologik sistemalar

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo texnologik sistemalar - rasmi

Material tavsifi

Kimyo texnologik sistemalar Reja: Kimyoviy ishlab chiqarish bu murakkab sistema KTS ning modellari KTS sxemasini ifodalash usullari Funksional sxema Texnologik sxema Operatorli sxema Blokli sxema KTS bog'lari Kimyoviy ishlab chiqarish bir-biri bilan bog'langan bir qancha xom ashyoni mahsulotga aylantiruvchi apparatlar yig'indisini o'z ichiga oluvchi murakkab komplekslardan iborat. Bu murakkab kompleksda, alohida apparatlarda ishlash sharoitlari, optimal parametrlar bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Masalan, H2SO4 ishlab chiqarishda kolchedanni FeS kuydirish 700S dan yuqori haroratda olib borilsa, kuydirilganda hosil bo'lgan gazlarni tozalash 300 S atrofida olib boriladi. SO2 ni SO3 gacha oksidlash 450-600S da olib borilsa, kontaktli apparatda SO3 ning suv bilan yutilishi 500da amalga oshiriladi. Shunday qilib, xamma ishlab chiqarishning optimal ishlashi alohida apparatlarning optimal ishlashiga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun alohida reaktorlarning texnologik jarayonlari o'rganish bilan bir qatorda KTS-kimyoviy texnologik sistemalarning xammasini birgalikda ko'rish maqsadga muvofiqdir. KTS-texnologik oqimlar bilan o'zaro bog'langan bir qancha, bir butun bo'lib ishlaydigan apparatlar bo'lib, unda malum ketma-ket texnologik jarayonlar amalga oshiriladi-xom ashyoni tayyorlash, kimyoviy o'zgarishlar, ajratish, tozalash (hosil bo'lgan mahsulotni tozalash) (1-rasm) xom ashyo xom ashyoni tyyorlash sitez qilish ajratish va tozalash 1-rasm.Kimyoviy ishlab chiqarish bosqichlari. Kimyoviy ishlab chiqarish murakkab sistema bo'lib, o'zaro bog'langan alohida sistemalardan tashkil topadi. Ishlab chiqarish turiga qarab sistemalar har xil strukturaga ega bo'ladi (2-rasm). 2-rasm. Murakkab ishlab chiqarish bosqichlari. bosqichda issiqlik, mexanik, diffuziya, kimyoviy jarayonlar ketishi mumkin. bosqichda kimyoviy-texnologik jarayonlar ketishi mumkin bosqichda murakkab kimyo-texnologik jarayonlar kechadi (bunda oraliq va asosiy mahsulotlar bo'lishi mumkin) bosqichda mahsulotni ajratish amalga oshiriladi.Xar bitta texnologik operatsiya alohida apparatlarda ketadi. KTS holati uning konstruksion parametrlariga va texnologik rejimiga bog'liq bo'ladi. Geometrik xarakteristika - xajmi. Diametri, balandligi va x.k.- konstruksion parametrlar hisoblanadi. KTS ning texnologik rejim parametrlariga reagentlar kontsentratsiyasi, harorat, bosim, katalizator faolligi, mahsulot miqdoriga va sifatiga ta'sir qiluvchi omillardir. Jarayonlarni va apparatlarni birin-ketin bayon qilish va ularning tasviri KTS ning texnologik sxemasi deb ataladi. Texnologik sxema ikki turga bo'linadi: Ochiq zanjirli texnologik sxema Yopiq zanjirli (halqasimon) texnologik sxema Ochiq zanjirli sxema apparatlar yig'indisidan iborat bo'lib, reaksiyaga kiruvchi moddalar ulardan faqat bir marotaba o'tadi. Agar aylanish darajasi bitta apparatda ko'p bo'lmasa, bir qancha turdagi apparatlar ishlatiladi. Masalan, gaz muhitida suyultirilgan nitrat kislotasini ishlab chiqarish sxemasi. Agar 6 ta ketma-ket azot oksidini yutadigan minoralar o'rnatilsa, umumiy yutish darajasi 92% ga etadi. Agarda chiqish juda kichik miqdorni tashkil qilsa, 4-5% (spirt) yoki 20% (NH3) bo'lsa, yopiq zanjirli sxemani ishlatish maqsadga muvofiqdir. Yopiq zanjirli sxemada reaksiyaga kirishmagan xom ashyoni aylanish darajasi kerakli miqdorga etmaguncha ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.6 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.6 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga