Kimyo va biologiya o'qitish metodikasi fanining tizimi, tuzilishi Reja: 1. Kimyo va biologiya o'qitish metodikasi fanining tizimi, tuzilishi va ilmiy fan sifatida rivojlantirish haqida qisqacha ma'lumot. 2. Uzluksiz ta'lim sistemasi. 3. O'zbekiston Respublikasi va horijiy mamlakatlarda kimyoviy va biologik ta'limning hozirgi zamon yo'nalishlari. Kimyo о'qitish uslubiyoti fani tо'g'risida. Mustaqil О'zbekistonda dunyoni yangicha idrok etadigan, haq-huquqi uchun kurashadigan о'zini taqdirini xalqining taqdiri bilan, vatanining taqdiri bilan bir deb bilib faoliyat kо'rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ajdodlar ma'naviy merosini, umumbashariy qadriyatlar va aqliy kashfiyotlarni barobar о'zlashtirmoqdalar. Yuragida milliy iftixor tuyg'usi bor insonlar har bir mamlakatning salohiyati, kelajagini belgilaydigan buyuk kuchdir. Jamiyatda elni safarbar etuvchi yetuk insonlar qancha kо'p bо'lsa, taraqqiyot imkoniyati ham shunchalik kо'p bо'ladi va ayni vaqtda yurt osoyishtaligi, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik kafolati yuzaga keladi. «Ta'lim tо'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning talabi har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ishga bolaning bog'chada ilk saboqlarini olayotgan paytdan boshlab e'tibor qaratish lozim. Uzluksiz ta'lim tizimining oldiga qо'yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmaga muvofiq Oliy о'quv yurtlari ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning sо'nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma'naviyatli, kasb-hunarli, Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat va jamiyat oldida о'z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. О'quv-tarbiya ishlari jarayonida о'quvchi-talabalarni ijodiy fikrlashga, о'zgaruvchan vaziyatlarga о'rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish, hamda ularning amaliy mashg'ulotlarda axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa talabalarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, о'quv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. Dars mashg'ulotlari interfaol о'qitish usullaridan, о'yinli texnologiyalardan keng va samarali foydalangan holda amalga oshirilsa, bolalarda faol va mantiqiy fikrlash qobiliyati, nutqiy tovush madaniyati, diqqati, mantiqiy xotirasi, aqliy qobiliyati rivojlanadi. Interfaol о'qitish usullarida bolalar о'quv jarayonining markaziy figurasi bо'lib, bunda uquv jarayoni bolalar extiyojidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. О'qitish usullarini о'zaro bog'lab mashg'ulot о'tilsa bolalar tomonidan uni о'zlashtirish samarali bо'ladi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba tо'plangan bо'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida sо'z yuritamiz. О'rta Osiyo allomalari, о'zbek va rus olimlarining kimyo о'qitish uslubiyoti faniga ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.31 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.31 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: doc