Kimyo va biologiya o'qitish metodikasi fanining vazifasi

Kimyo va biologiya o'qitish metodikasi fanining vazifasi

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo va biologiya o'qitish metodikasi fanining vazifasi - rasmi

Material tavsifi

Kimyo va biologiya o'qitish metodikasi fanining vazifasi Reja: 1. Kimyo va biologiya o'qitish metodikasi fanining vazifasi. 2. Kimyo va biologiya o'qitishning bilim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi funksiyalari. 3. Ekologik ta'lim. 4. O'qitishda fikrlashni rivojlantirishda umumlashtirishning ahamiyati. 5. Kimyo va biologiya o'qitishda o'quvchilarga nisbatan differensial yondashuv. 6. O'quvchilarning bilimini rivojlantirishda muammoli o'qitishdan foydalanish. 1. Kimyo о'qitish uslubiyoti fanining maqsadi va vazifalari. О'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab, malakali, yetuk mutaxassislarga bо'lgan ehtiyoj keskin ortganligini guvohi bо'lib turibmiz. Maktabdan boshlab mustaqil fikrlovchi yigit-qizlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Fan texnikaning rivojlanishi о'quvchilarni bilimlar oqimiga va voqealar tо'lqiniga bо'lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. Bugungi kun nuqtai- nazaridan qaraydigan bо'lsak о'quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy faoliyati yaxshi va mustaqil fikrlay olishi zarur. О'quvchilardagi bunday xislatlarni maktab о'qituvchilari rivojlantirib boradilar. Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun, kelajak avlodimiz uchun bunday sharafli ishda mas'uliyat bilan ishlash har bir pedagogning burchi hisoblanadi. Bunday ma'suliyatli ishni hal etish о'quvchilarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga о'rgatishni uslubiga bog'liq. Har qanday mutaxassis- о'z ishi metodikasiga qanchalik e'tibor bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. О'qituvchi ishining asosiy о'qitish metodikasi-о'quvchilarni о'qitish va tarbiyalash metodikasidir. Kimyo о'qituvchisi ishining asosi kimyo о'qitish metodikasidir. Kimyo о'qitish uslubiyoti - pedagogikaning tarkibiy qismi bо'lib, u didaktika bilan chambarchas bog'langan. О'qituvchining ishi о'quvchini о'qitish va tarbiyalash uslubiyoti bо'lsa, kimyo о'qituvchisi ishining asosi - kimyo о'qitish uslubiyotidir. О'rta maktabda о'quv jarayoni uchta asosiy funksiyalarni bajarishi kerak: о'quvchilarni о'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishdir. О'qitish funksiyasi didaktika, tarbiyalash - tarbiya nazariyasi, rivojlantirish esa psixologiya fanlari yordamida о'rganiladi. Umumiy о'rta ta'lim maktablarida kimyo fanini о'qitishning maqsad va vazifalari О'quvchilarda modda va ularning tuzilishi, asosiy kimyoviy tushunchalarni hosil qilish, moddalarni tabiatda uchrashi, fizik xossalari, olinishi va xalq xо'jaligida ishlatilishi, moddalar orasidagi genetik bog'lanishlarga doir bilimlarni shakllantirish, noorganik kimyodan о'quvchilarga puxta bilim berish, о'quvchilarda kimyo faniga bо'lgan qiziqishni hosil qilish, kimyoviy tajribalar va amaliy mashg'ulotlar о'tkazish orqali о'quvchilarda amaliy kо'nikma, malakalarni rivojlantirish, shuningdek, tajribalar natijasiga kо'ra ilmiy xulosalar bera olish malakalarini hosil qilish, tabiatga va atrof-muhitga nisbatan ijobiy fazilatlarni shakllantirishdan iboratdir. Didaktika va uning kategoriyalari. Didaktika - pedagogika ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini о'rganuvchi fandir, u - ta'lim nazariyasidir. Didaktikaning quyidagi kategoriyalari mavjud: - Dars berish, о'quv, о'qitish, ta'lim berish, bilim, malaka, maqsad, darsni mazmunli tashkil etish, uning kо'rinishlari, shakli, metodi, vositalari, natijalar olish. 1. Dars - о'quv jarayonining bir etapi, bug'ini, elementi; ma'no jihatdan tugallangan, tashkiliy hamda vaqt jihatdan cheklangan davr. Dars berish - pedagog faoliyatini, dars, maqsadlarini amalga oshirishni tartibga solish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.16 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.16 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga