Kimyo va biologiya o'qitish usullari Reja: 1. Kimyo va biologiya o'qitish usullari. 2. Kimyo va biologiya o'qitish usullarining tuzilishi, ularning didaktik va metodik hususiyatlari. 3. Og'zaki o'qitish, ko'rgazmali-og'zaki o'qitish, og'zaki-ko'rgazmali-amaliy ish orqali o'qitish usullari. Kimyo о'qitish uslubiyoti fanining о'qitish usullari va ularning klassifikatsiyasi . О'qitish metodlari ta'lim jarayonida о'qituvchi va о'quvchilar faoliyatining yо'nalishini, о'qitish jarayonining qanday tashkil etilishi va olib borilishini hamda о'qituvchining ish harakatlarini belgilaydi. Bu metodlar о'qituvchi tomonidan о'quvchilar bilim, kо'nikma va malakalarni о'zlashtirish uchun qо'llanadigan usullar yig'indisini о'z ichiga oladi. Ta'lim tizimida о'qitish metodlari bilan birga «usul» va «vosita» atamalari ham ishlatiladi. Usul - ma'lum о'quv materialini о'tishda qо'llanayotgan asosiy о'qitish metodi bilan birga ikkinchi bir о'qitish metodining ayrim elementlaridan foydalanib ish kо'rishdir. Vosita - о'qitish metodlarini amalga oshirish uchun zarur bо'lgan yordamchi о'quv materiallari - asbob, qurol, apparat va shu kabilardan foydalanishdir. Ta'lim metodlari о'qitish jarayonida va pedagogik tafakkurning kо'p asrlik rivojlanishi tarixida muhim о'zgarishlarga duch keldi. Pedagogikada ta'lim metodlarini tavsiflash va belgilashga bir xil yondashish mavjud emas. Ayrim mualliflar metodlarini belgilashda bilish manbaalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar: chunonchi, og'zaki (suhbat, tushuntirish, bayon qilish, о'quvchilarning texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi va boshqalar); kо'rgazmali (kо'rgazmali qurol, kinofilm va diafilmlarni namoyish etish); mehnat usullarini kо'rsatish о'quvchilarni mustaqil kuzatishlari va boshqalar); amaliy (mashqlar, operatsiyalar, ish usullari, amaliy laboratoriya mashg'ulotlari) va boshqalar. Keyingi paytlarda pedagogika nazariyasi va amaliyoti о'quvchilar bilish faoliyatining xarakteri bо'yicha tasniflanadigan metodlar qо'llanilmoqda. Ta'lim jarayonida qо'llanadigan metodlar о'quvchilar faolligini oshirishi, о'rgatilayotgan о'quv metodlarini о'quvchilar chuqur о'zlashtirishini ta'minlashi lozim. Tushuntirish - kо'rgazmali metod. О'qituvchi har xil vositalar yordamida о'quvchilarga tayyor ma'lumot beradi va ular ma'lumotni qabul qiladilar, anglaydilar va xotirada saqlaydilar. Eslash metodi. О'qituvchi topshiriqlar tizimi bilan о'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi. О'quvchi esa tasvirlar bо'yicha kо'nikma va malakalarni egallaydilar. О'quvchilar bilimining hajmi ortib borgan sari birinchi metoddan ikkinchisi bilan birga foydalanish kо'payib boradi. An'anaviy о'qitish metodlari - og'zaki bayon qilish, tushuntirish, suhbat, ma'ruza, о'quv adabiyotini о'qish; tajribalar о'tkazish, natural obyektlarni kо'rgazmali vositalarni namoyish etish; mashq, yozma ish, laboratoriya ishlari - bayon etilgan metodlar tizimida vosita va usul sifatida namoyon bо'ladi. О'qituvchi esa ular yordamida u yoki bu metodlardan foydalanib darsini yuqori saviyada о'tkazadi. Amaliy о'qitish metodlari. Amaliy metod deganda о'quv materialini mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida о'zlashtirishning shakllari tushuniladi. Ishlab chiqarish ta'limida bu metodga ish usullari, kompleks ishlar va vazifalarni bajarishda mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar, laboratoriya - amaliy ishlarga esa texnologik jarayonni boshqarish mashqlari kiradi. О'quv materialini muammoli bayon etish. О'quv jarayonini takomillashtirishning asosiy ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.15 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.15 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: doc