Kimyoda atom-malekulyar ta'limot Gaz qonunlari Atom-malekulyar ta'limotining asosiy qoidalari XVII asirning o'rtalariga kelib M.V.Lomanosov tomonidan ishlab chiqildi va igiliz kimyogari J.Daltonning XIX asirning o'rtalarida fanga elementlarning atom massalari haqidagi tushunchani kirigandan keyingina umum tamonidan etirof etildi. Moddalar bilan bo'ladigan fizik hodisalarni molekulyar nazariyasini tushuntirib berdi. Kimyoviy hodisalarni tushunturishda molekulyar nazariyaga atomlar haqidagi ta'limot yordam beradi. Bu nazariyaning ikkilasi - molekula nazariya bilan atomlar haqidagi nazariya birlashib atom molekulyar ta'limotni hosil qiladi. Bu ta'limotning mohiyatini quyidagi bir necha qoidalar tarzida ta'riflash mumkin: Molekulalar to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Molekulalarning harakatlanish tezligi temperaturaga bog'liq. Temperatura ko'tarilishi bilan molekulalarning harakarlanish tezligi ortadi. Molekulalar atomlardan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar kabi to'ztovsiz harakatda bo'ladi. Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va hossalari bilan farq qiladi. Molekulalar orasida o'zaro tortilish va itarilish kuchlari ta'sir etadi. Bu kuchlar qattiq moddalarda eng ko'p, gazlarda esa, kam namoyon bo'ladi. Molekulalar orasida oraliq masofa bo'lib, uning o'lchamlari moddaning agregat holatiga va temperaturaga bo'gliq. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa eng katta bo'ladi. Ularning oson siqiluvchanligiga sabab ana shudir. Suyuqliklarni siqish qiyin, chunki ularni molekulalari orasidagi oraliq ancha kichik bo'ladi. Qattiq moddalarda molekulalar o'rtasidagi oraliq yanada kichik shu sababli ular deyarli siqilmaydi. Molekulyarva nomolekulyar tuzilishli moddalar bor. Molekulyar tuziolishli moddalarda qattiq holatda kristall panjaraning tugunlarida molekulalar bo'ladi. Kristall panjaraning tugunlarida joylashgan molekulalar orasidagi bog'lanish zaif bo'ladi va qizdirilganda uziladi. Shu sababli molekulyar tuzilishli moddalarning suyuqlanish temperaturalari odatda, ancha past bo'ladi. Fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qoladi. Kimyoviy hodisalarda esa parchalanadi. Bir hil moddalar tarkibi va hossalari jihatdan farq qiladigan boshqa modalarga aylanadigan va bunda atomalr yadrolarinign tarkibida o'zgaradigan hosisalar kimyoviy hodisalar deyiladi. Havoda oksidlanish, yonish, rudalardan metallaning olinisahi, temirning zanglashi - bularning hammasi kimyoviy hodisalardir. Bu hodisdalarni boshqacha qilib aytganda kimyoviy o'zgarishlar, kimyoviy reaksiyalar yoki kimyoviy o'zarota'sirlar deyiladi. Kimyoviy hodisalar bilan fizik hodisalarni bir biridan farq qilish lozim. Fizik hodisalarda moddalarning shakli yoki fizik holati o'zgaradi yoki atom yadrolarining tarkibi o'zgarishi hisobiga yangi moddalar hosil bo'ladi. Masalan gazsimon ammiak suyuq azot bilan o'zaro ta'sir ettirilganda ammiak dastlab suyuq, so'ng esa qattiq holatga o'tadi. Bu kimyoviy hodisa emas,balki fizik hodisadir. Chunki, moddaning tarkibi o'zgarmaydi. Yangi moddalar hosil bo'lishiga olib keladigan ba'zi hodisalar fizik hodisalar qatoriga kiradi. Masalan, bir hil elementlarning atomlarida boshqa hil elementlarning atomlari hosil bo'ladigan yadro reaksiyalari fizik hodisalardir. Nomolekulyar tuzilishli moddalrda kristal panjaralarning tugunlarida atomlar va boshqa zarrachalar bo'ladi. Ana shu zarrachalar orasida kuchli kimyoviy bog'lanish bo'lib, uni uzish uchun ko'p energiy talab qilinadi. Shu sabapli, nomolekulyar tuzulishli moddalarning suyuqlanish haroratlari ancha ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.64 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.64 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: doc