Kimyoda miqdoriy nisbatlar Reja: 1. Kimyoda atom- molekulyar ta'limot. Kimyoviy elementlar. 3. Nisbiy atom va nisbiy molekulyar massalar. 4. Mol. Molyar massa. 5. Massalar saqlanish qonuni. 6. Tarkibning doimiylik qonuni. 7 Ekvivalentlar qonuni. 8. Gaz qonunlari. Avogadro qonuni. Tayanch iboralar va tushunchalar. Molekula, massa atom birligi, nisbiy atom massa, nisbiy molekuyar massa, mol, molyar massa, Avogadro doimiysi, daltonidlar, bertollidlar, kimyoviy ekvivalent, molyar xajm, gazlar zichligi. 1. KIMYODA ATOM - MOLEKULYAR TA'LIMOT. XVII asrning o'rtalarida M.V.Lomonosov qadimgi yunon faylasuflari Levkip va Demokritning «hamma moddalar juda mayda zarrachalar-atomlardan tuzilgan, hamda ular doimiy va uzluksiz harakatda bo'ladi, dunyoda sodir bo'ladigan barcha o'zgarishlar atomlarning birikishi yoki bir-biridan ajralishi natijasidir», - degan atomistik tasavvurini rivojlantirib, sistemaga soldi hamda kimyoga tatbiq etdi. Bu ta'limotning asosiy qoidalari «Matematik kimyo elementlari» (1741) nomli va boshqa ko'pgina asarlarida bayon qilingan. U ham o'z ta'limotiga barcha moddalar juda mayda zarrachalardan tuzilgan, degan fikrni asos qilib oldi va zarrachalarni ikki turga bo'ldi: atomlarni «elementlar» deb, molekulalarni esa «korpuskulalar» deb nomladi. Molekulalar hosil bo'lishida atomlar bir-biri bilan miqdoriy nisbatlarda birikadi. Molekulalarning xossalari faqat ularning tarkibiga kirgan atomlar sonigagina bog'lik bo'lmay, balki atomlarning molekulada joylashish tartibiga ham bog'likdir. Lomonosov ta'limotining mohiyatini quyidagi qoidalar bilan bayon qilish mumkin: Barcha moddalar «korpuskula» (molekula ) lardan tarkib topgan, ular bir-biridan oraliq - fazo bilan ajralgandir va ular to'xtovsiz harakatda bo'ladi. «Korpuskula» lar «element» (atom) lardan tarkib topgan. «Element» lar ham to'xtovsiz harakatda bo'ladi. «Element» lar aniq massa va o'lchamga ega. Oddiy moddalarning «korpuskula» lari bir xil elementlardan, murakkab moddalarning «korpuskula» lari turli elementlardan tuzilgan. M.V.Lomonosovdan qariyb yarim asr keyin, ingliz olimi J.Dalton kimyo va fizika sohasida yig'ilgan tekshirish natijalarini atomistik ta'limot asosida talqin qildi; u 1808 yilda atomistik ti'limotni quyidagicha ta'rifladi: a) moddalar nixoyatda mayda zarrachlar - atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachalarga bo'lina olmaydi; b) har qaysi kimyoviy element faqat o'ziga hos «oddiy» atomlardan tuzilgan bo'lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o'ziga hos massa va o'lchamga ega; v) kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning «oddiy» atomlari o'zaro aniq va o'zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, «murakkab» atomlarni hosil qiladi g) faqat boshqa - boshqa xossalarga ega bo'lgan atomlar o'zaro birika oladi, bir elementning atomlari hech qachon o'zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Ular faqat bir-biridan itariladi. Dalton atomistik ta'limotga tayanib, kimyoning asosiy qonunlarini izohlab berdi. U kimyoviy element tushinchasiga aniq ta'rif berdi: «kimyoviy element bir xil xossalar bilan tavsiflanadigan atomlar turidir». Bundan tashqari, u «atom massa» (ya'ni atomning nisbiy massasi) tushunchasini kiritdi, vodorodning ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.11 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.11 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:46 ]
Arxiv ichida: doc