Kimyodan nobel mukofoti

Kimyodan nobel mukofoti

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyodan nobel mukofoti - rasmi

Material tavsifi

Kimyodan nobel mukofoti - 2016 2016-yilda Nobel mukofoti uchun Jan-Per Savaj (Jean-Pierre Sauvage), ser Jeyms Frezer Stoddart (Fraser Stoddart) va Bernard Lukas Feringa (Bernard L. Feringa) MOLEKULYAR MASHINAlarni yaratganligi va sintezini amalga oshirganliklari uchun loyiq topildilar. Nomzodlarning ismlari 5-oktabrda e´lon qilindi. Bu olimlar molekulyar mashinalarni muvozanat holatidan chiqarish va buning natijasida esa ularni harakatini nazorat qilish imkoni tug´ilishini aniqlash tadqiqotlari uchun taqdirlandilar. Bu birikmalar dvigatellarning miniatyura shaklida namoyon bo´lishidir. Bu qurilmalar yangi materiallar, datchiklar (uzatuvchilar) va energiyani saqlovchi sistemalar uchun asos bo´lib xizmat qilishi mumkin. Molekulyar mashinalar yaratish yo´lidagi birinchi qadam 1983-yilda Savaj tomonidan amalga oshirilgan. U ikkita halqasimon molekulalarni bog´ladi va katenan deb ataluvchi zanjir olishga muvaffaq bo´lgan. Bu sistemalarda molekulalar kovalent bog´lar bilan emas, balki mexanik bog´lar bilan birikkan, bu esa molekulalarga nisbatan erkin harakat qilishga imkon beradi. 1991-yilda Stoddart gantelsimon shakldagi va halqasimon molekuladan tashkil topgan sinf birikmalar, ya'ni ilk rotaksanni yaratdi. Uchinchi nomzod -Bernard Lukas Feringa molekulyar dvigatelni yaratdi. Bu yil pul mukofotining umumiy miqdori 8 million shved kronini (tahminan 953 ming AQSH dollari) tashkil etadi. Mukofotni Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi ta´sis etadi. 2016-yilda jami 273 ta olim Nobel mukofoti nominanti etib qayd etilgan. 2015-yilda kimyodan Nobel mukofoti laureatlari sifatida shvetsiyalik Tomas Lindal (Tomas Lindahl), amerikalik Pol Modrich (Paul Modrich) va turkiyalik Aziz Sanjar (Aziz Sancar) shikastlangan DNK ni tiklash mexanizmi va genetik informatsiyani himoya qilish tadqiqotlari uchun loyiq topilganlar. 2016-yilning 10-dekabrida (Alfred Nobelning vafot etgan kunida) rasmiy taqdirlash marosimi o´tkaziladi. Mukofotni laureatlarga Shvetsiya Qiroli Karl Gustav XVI topshiradi. Sovet ittifoqining yagona Nobel mukofoti sohibi - Nikolay Semyonovdir. U 1956-yilda angliyalik Siril Xinshilvud (Cyril Hinshelwood) bilan kimyoviy o´zgarishlar mexanizmlarini tadqiq etganliklari uchun ushbu mukofotni olishgan. Semyonovning asosiy hissasi shundan iboratki, u zanjirli reaksiyalar nazariyasini yaratgan. Rossiya Fanlar Akademiyasining Fizikaviy kimyo instituti uning nomi bilan ataladi. Molekulyar mashinalarning sintezi- Organik kimyodagi yagona soha emas, uni molekulyar darajadagi muhandislik deb qarash mumkin, bunda insonlar molekulalar dizaynini noldan boshlashadi va ko´zlangan molekulani yaratmaguncha hotirjam bo´lmaydilar. Tabiatda albatta bunday molekulalar mavjud (masalan, hujayra oqsillari- miozin, kinezin, yoki ribosomalar) bo´lib, bu darajadagi murakkab molekulalar yaratish uchun insonlardan ancha mehnat talab etiladi. Shuning uchun hozircha molekulyar mashinalarni- boshidan oxirigacha inson aqlining mevasi, tabiatga taqlid etish yoki kuzatiladigan tabiiy hodisalarni tushuntirishdan iborat deyish mumkin. Demak, bu yerda shunday molekulalar haqida gap ketyapdiki, bu molekulaning bir qismi boshqa qismiga nisbatan tashqi ta´sir va issiqlik ta´sirida nazorat qilinadigan darajada harakat qiladi. Bunday molekulalarni yaratish uchun Sovaj, Stoddart va Feringa har xil prinsiplarni o´ylab topishdi. 1-Rasm. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 346.56 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:46 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 346.56 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga