Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari

Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari - rasmi

Material tavsifi

Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari Reja: 1.Kimyo fanining mazmuni, vazifalari. 2.Kimyo tarixi. 3. Atom - molekulyar ta'limot. 4. Kimyoning asosiy stexiometrik qonunl Kimyo fanining mazmuni, vazifalari. Kimyo fani - tabiatni o'rganuvchi fanlardan biridir. Kimyo fani tabiatni bir - butunligini, jismlar va hodisalar orasida bog'liqlik, u materiyadan iborat ekanligini o'rganuvchi fandir. Materiyaning harakat formalari har xildir. Jismlarning qizishi va sovishi, nur sochish, elektr toki, kimyoviy o'zgarishlarning hammasi materiya harakatining turli formalaridir. Materiya hech qachon yo'qolmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi, u faqat bir turdan ikkinchi turga o'tib turadi. Kimyo - moddalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini, ularning o'zgarishlarini hamda moddalarning o'zgarishida sodir bo'ladigan hodisalarni o'rganadigan fandir. Kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri, moddalarni o'rganib, shu moddalardan xalq xo'jaligida foydalanish sohalarini oldindan aytib berish bo'lsa, ikkinchisi xalq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan yangi moddalarni yaratishdan iborat. Kimyoning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Hozirgi jamiyat hayotida kimyoning roli beqiyosdir. Xalq xo'jaligining hamma sohalarini rivojlanishi kimyoning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Sanoatimizda kimyoning yutuqlaridan foydalanib, yuqori sifatli maxsus po'latlar, qattiq va o'ta qattiq qotishmalar, sintetik kauchuk, plastmassalar, sun'iy va sintetik tolalar, mineral o'g'itlar, motor yoqilg'isi, dori-darmonlar, bo'yoqlar, portlovchi moddalar va hoka'zolar ishlab chiqarilmoqda. Tabiatda mavjud bo'lmagan moddalarni laboratoriya sharoitlarida va sanoat miqyosida sintez qilinmokda. Kimyo sohasidagi yutuqlar yangi foydali moddalar sonini ko'paytiribgina qolmay, balki ulardan foydalanish sohasini ham kengaytiradi, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, chiqitsiz texnologiyaga o'tishga imkon beradi. Yog'och qipig'idan foydalanib etil spirti va boshqa mahsulotlar olish, paxta lintidan karboksimetil-sellyuloza (KMS) olish va hoka'zolar bunga misol bo'ladi. Shunday qilib, kimyo - butun xalq xo'jaligini rivojlantirishning muhim omilidir. Kimyo tarixi. Amaliy kimyo Miloddan qariyb 400 yil avval Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida rivojlana boshladi. Amaliy kimyoviy bilimlar Misrdan qadimgi dunyoning turli qismlariga tarqalgan. Insonlar qadimdan rudalardan temir, kumush, qo'rg'oshin, ajratib olganlar, shisha olishni, uzum sharbatini bijg'itib sirka hosil qilishni, o'simliklardan shakar va moy olishni bilganlar va ulardan foydalanganlar. Kimyoning rivojlanishiga arab, yunon va ko'plab yevropalik olimlar bilan bir qatorda O'rta Osiyo olimlari ham katta hissa qo'shganlar, Forobiy, Abu Ali ibn Sinolar ana shular jumlasidandir. O'zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi. O'zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Milliy Universitet) ning kimyo fakultetini tashkil etilishi bilan bog'liq. Hozirgi kunda O'zbekiston fanlar akademiyasi qoshidagi kimyoga doir ilmiy-tekshirish institutlarida va Respublikamizdagi ko'pgina oliy o'quv yurtlarining kimyo va kimyoviy texnologiya kafedralarida olimlar, mutaxassislar kimyo fani va sanoatining eng muhim muammolarini tadqiq qilish bilan shug'ullanmoqdalar. Respublikamizning kimyo fani va sanoati rivojiga salmoqli hissa qo'shgan va qo'shayotgan akademiklar O.S.Sodiqov, S.YU.Yunusov, K.S.Ahmedov, M.N.Nabiyev, X.U.Usmonov, M.Asqarov, Z.Salimov ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.76 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.76 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga