Kimyoviy adsorbtsiya Reja: 1. Kimyoviy adsorblanishda valent kuchlari ta'siri. 2. D.I. Mendeleev va A.S.Sultonovlarning kimyoviy adsorbtsiyalanish nazariyasiga qo'shgan xissalari. 3. Reaksiyada aktiv kompleksni hosil bo'lishi. Kimyoviy adsorblanishda valent kuchlari ta'sirida adsorbtiv molekulalari adsorbent yuzasiga kimyoviy bog'langan bo'ladi. Bunday adsorblanish, kimyoviy adsorblanish - xemosorbtsiya deyiladi. Adsorbtiv adsorbent yuzasidagi molekula yoki ionlar kimyoviy reaksiyaga kirishib yoki bo'linmagan elektron juft hisobiga (Lyuis turidagi birikma holida) sirt birikma hosil qiladi. Masalan, kislorodni aktiv ko'mirga 00S da adsorblab, so'ngra desorblansa, uning ko'p qismi shu temperaturada qayta kislorod holida, bir qismi esa yuqori temperaturada va kuchli tortish natijasida SO va SO2 holida ajralib chiqqanligi kuzatilgan. Demak, bu tajribaga muvofiq, kislorodni ko'p qismi ko'mir bilan fizikaviy adsorblangan bo'lsa, ozroq qismi ko'mir sirtidagi atomlar bilan juda mustahkam kimyoviy bog'langan bo'ladi. Xemosorbtsiya va unda hosil bo'lgan sirtdagi birikmalar kimyoviy reaksiya va kimyoviy birikmalardan farq qiladi. Geterogen katalizda birinchi jarayon reagentlarni katalizator yuzasiga adsorblanishdan iborat. Faradey fikricha, reaksiyaga kirishuvchi moddalar katalizator yuzasiga adsorblanganda, ular bir - biriga shu qadar yaqin masofada turadiki, natijada ular orasida kimyoviy ta'sirlanish vujudga kelib, reaksiya boshlanadi. hosil bo'lgan modda katalizator yuzasidan uchib chiqadi va uni o'rniga reaksiyaga kirishuvchi moddalarni yangi qismi adsorblanadi. Bazi mualliflarni fikricha, reaksiyaga kirishuvchi moddalar adsorbtsiyalanganda, ularni yuza birligidagi kontsentratsiyasi ortadi va natijada massalar ta'siri qonuniga muvofiq, kimyoviy reaksiyalarni tezligi ham ortadi. Katalizni kimyoviy nazariyasini D.I. Mendeleev yaratdi. Bu nazariyaga ko'ra adsorblangan molekula malum o'zgarishlarga uchraydi. Yuza ta'siri natijasida molekuladagi bog'lanishlar zaiflashadi va hatto uziladi. Buning natijasida reaksiya uchun kam aktivlanish energiyasi kerak bo'ladi va reaksiyani borishi osonlashadi. Bu nazariya fanning so'nggi yutuqlaridan biri bo'lib, uni A.S. Sultonov mukammallashtirdi. So'nggi vaqtda olib borilgan tekshiruvlar haqiqatdan ham katalizning birinchi bosqichi reagent bilan katalizator orasida kimyoviy birikmalar hosil bo'lishidan iborat ekanini ko'rsatadi. Shularni hisobga olganda kimyoviy va fizikaviy nazariyalar orasida prinsipial farq yo'q. Kimyoviy va fizikaviy nazariyalar birgalikdagina kataliz hodisasini tushuntiradi. Kimyoviy adsorbtsiyaning katalitik jarayondagi rolini tiofenni gidrirlash misolida ko'rib o'tamiz. Bu jarayonda katalizator sifatida Al2O3 - NiO - MoO3 olingan. 100 - 400S oralig'ida olib borilgan tajribalarda tiofenni katalizatorga fizikaviy adsorblanganligi tegishli asboblar, usullar bilan tasdiqlangan va bu temperatura oralig'ida gidrogenlash jarayoni bormagan. 400S dan yuqorida reaksiya borgan va reaksiya natijasida trans-buten - 2 va H2S hosil bo'lgan. tiofen Hozirda optik usullar vositasida moddalarni absorblangan holatini aniqlash mumkin, yuqoridagi reaksiyada katalitizatorni yuzasida yangi birikma hosil bo'lishini, IK - spektr, UF - spektr vositasida tasdiqlangan. Demak, yuzada Lyuis turidagi, yani kovalent turdagi birikma hosil bo'lgan, ikki qo'sh bog' o'rniga bitta qo'sh bog' qolgan va ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.6 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.6 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:46 ]
Arxiv ichida: doc