kimyoviy birikmalarning tuzilishi va reaksion qobiliyati fanining maqsad va vazifalari Reja: A.M.Butlerovning organik birikmalar tuzilish nazariyasi. Orgnanik moddalarning xossalarining elektron va fazoviy tuzilishiga ta'siri. Organik birikmalar tuzilish nazariyasi fanining maqsad va vazifalari Organik moddalarning tuzilish bilan reksion qobiliyati o'rtasidagi bog'lanish bir tomondan molekulaning tuzilishi, undagi atomlarning bir-biriga ta'siri, kislotali yoki asosli xususiyati to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olsa, ikkinchi tomondan reaksiya mexanizmlari to'g'risidagi tushunchalarni o'z ichiga oladi. O'quvchiga taqdim qilinayotgan va yuqoridagi ma'lumotlarning birinchi qismini o'z ichiga olgan Ushbu qo'llanma muallifining O'zbekiston Milliy Universiteti kimyo fakulteti talabalariga o'qiydigan leksiyalarning bayonidir. Unda A.M.Butlerovning organik birikmalar tuzilishining hozirgi zamon nazariyasi asosida kimyoviy bog'ning tuzilishi va xarakteristikalari, uglerod atomining valent holatlari, molekuladagi atomlarning o'zaro ta'siri va bu ta'sirning modda xosslarida aks etishi va x.k. kabi masalalar bayon qilingan. Materiallar iloji boricha sodda, oddiy tilda berilgan bo'lib, organik kimyoni o'rta maktab darajasida bilgan o'quvchi yoki oliy o'quv yurti talabasi uchun tushunarlidir. Har bir mavzu so'ngida uning uchun misollar va ularning yechimlari berilgan va materialni o'zlashtirishni yanada osonlashtiradi. Berilayotgan materiallarning organik kimyoni yaxshi tushunishda kimyo fanini chuqur o'rganishga harakat qilayotgan maxsus sinf, litsey yoki oliy o'quv yurtlarida bilim olayotgan talabalar uchun zarurligiga shubhamiz yo'q. ORGANIK BIRIKMALARNING TUZILISH NAZARIYASI Rus olimi A.M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi organik kimyoning asosiy nazariyasidir. U organik kimyoning barcha nazariy tushunchalari asosida yotadi. Nazariyaning ikki xil ta'rifi mavjud: A.M. Butlerov ta'rifi va hozirgi zamon ta'rifi. A.M. Butlerov ta'rifi: Murakkab zarrachalarning kimyoviy tabiati uning tarkibiga kiruvchi elementlar zarrachalarining tabiatiga, ularning miqdoriga va kimyoviy tuzilishiga bog'liq. Bu ta'rifdagi asosiy fikr moddaning kimyoviy tuzilishi bo'lib, u molekuladagi atomlar bir-bir bilan qanday tartibda bog'langanligiga e'tibor beradi. Molekula tarkibidagi atomlar xili va ularning soni bir xil bo'lsayu, ammo ular bir-bir bilan turli tartibda bog'langan bo'lsa, ularning xossalari ham har xil bo'ladi. Ma'lumki, bunday moddalar izomerlar deb ataladi. Modda tarkibidagi atomlar bir-biri bilan qanday bog'langanligidan qat'iy nazar, ular bir-biriga ta'sir ko'rsatib turadi, shu ta'sir tufayli moddaning xossalari shakllanadi va bu bilan u atomlarning oddiy mexanik aralashmasidan farq qiladi. A.M Butlerov ta'rifi moddaning xossalari uning elektron va fazoviy tuzilishi ham ta'sir qilishini hisobga olmaydi. Hozirgi zamon ta'rifi: Organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalari uning tarkibiga hamda kimyoviy, elektron va fazoviy tuzilishiga bog'liq. Bu ta'rif moddaning xossalariga bog'liq bo'lgan hamma faktorlarni hisobga oladi. quyida keltirilgan misollar fikrimizni tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar Nesmeyanov A.N., Nesmeyanov N.A. Nachala organicheskoy ximii. 1- va 2-jild, Moskva, «Ximiya», 1969-1970 y.y. Neyland O.Ya. Organicheskaya ximiya. Moskva, «Ximiya», 1990 y. Gauptman Z., Grafs Yu., Remans X. Organicheskaya ximiya. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.65 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.65 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:46 ]
Arxiv ichida: doc