Kimyoviy bog'lanish nazariyasi, kimoviy bojlanish hosil bo'lish mexanizmlari. Valent bog'lar nazariyasi

Kimyoviy bog'lanish nazariyasi, kimoviy bojlanish hosil bo'lish mexanizmlari. Valent bog'lar nazariyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy bog'lanish nazariyasi, kimoviy bojlanish hosil bo'lish mexanizmlari. Valent bog'lar nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

REJA: Kimyoviy elementlarning valentligi. Valentlik stexiometriyasi. Ionlarning zaryadlari. Oksidlanish darajasi. Ion bog'lanish. Kovalent bog'lanish. Kimyoviy bog'lanish nazariyasi kimoviy bojlanish hosil bo'lish mexanizmlari. Valent bog'lar nazariyasi Kimyoviy elementlarning valentligi. Kimyoviy elementlarning valentligi va uni turlicha talqin etilishi. Valent bog'lanishlar (VB) nazariyasi asosida valentlik. Doimiy va o'zgaruvchan valentlik. Birikmalardagi elementar atomlarining valentligi va oksidlanidsh darajasi. Kimyoviy bog'larning miqdoriy tavsiflari. Bog'lanish tartibi. Bog'lning energiyasi. Bog' uzunligi. Valent burchagi. Bog'ning ionlik darajasi va kimyoviy bog'langan atomlarning effektiv zaryadi. Kimyoviy ta'sirlashuv (kimyoviy bog')ning asosiy xususiyatlari va kimyoviy bog'ning hosil bo'lish mexanizmi. Vodorod molekulasi hosil bo'lish mexanizmining, kvanto-mexanik talqini. Kimyoviy bog'lanishlarning asosiy tiplari. Valent bog'lanishlar nazariyasi. Donor-akueptor mexanizmi boyicha bog' hosil bo'lish. Kimyoviy bog'lanish nazariyasi hozirgi zamon uimyosining markaziy muammolaridan biridir. Modda tarkibidagi atomlarning ta'sir etish tabiatini bilmasdan turib, kimyoviy birikmpalarning xilma-xilligini sababini, ularning hosil bo'lish mexanizmini, tarkibini, tuzilishi va reaksiyaga kirish qobiliyatlarini tushunish mumkin emas. Hozirgi zamon tekshirish usullari tajribada moddalardagi atom yadrolarining fazoviy joylanishini aniqlash imkonini beradi. Atom adrolarining fazoviy joylanishi elektronlarning ma'lum ziyaligiga to'g'ri keladi. Atomlardan molekulalar hosil bo'lishida elektron ziyalik o'zgaradi. Moddadagi elektron ziyalikning taqsimlanish xarakteriga qarab kimyoviy bog'lanish 3 ta asosiy tipga bo'linadi: Ion bog'lanish, kovalent bog'lanish va metall bog'lanish. Kimyoviy bog'lanishning ikkinchi darajali ko'rinishlari qatoriga: molekulalararo bog'lanish (Van-der Vals kuchlari bilan xarakterlangan bog'lanish) hamda vodorod bog'lanish kiradi. Kimyoviy bog'lanish valentlik bilan xarakterlanadi. Valentlik termini (atamasi) kimyoga 1853 yilda ingliz kimyogar olimi Franklend tomonidan kimyoviy birikmalardagi element atomlarining miqdoriy nisbatlarini asoslash uchun kiritilgan. Valentlik ta'limtining rivojlanishi ko'p jihatdan D.I.Mendeleevning davriy sistemasining ochilishi bilan bog'liqdir. D.I.Mendeleev element valentligi va uning davriy sistemadagi o'rni orasi dagi bog'liqlikni aniqladi. Elementlarning fodorod hamda kislorod bilan birikmalarida o'zgaruvchan valentlik namoyon qilish tushunchasini kiritdi. Atom molekulalarning tuzilishi to'g'risidagi ta'limot valentlikni elektron nazariyasini ishlab chiqilishiga imkoniyat yaratdi. Valentlik stexiometriyasi. Massalar ta'siri, tarkibning doimiylik qonunlari asosida qaytmas (oxirigacha boradigan reaksiyalarda biror moddaning aniq massasi reaksiya) uchun olingan yoki reaksiya mahsulot asosida hisoblash mumkin. buning uchun reaksiya tenglamasi aniq bo'lishi kerak. bunday hisoblashlar kimyo bo'limida stexiometriya deyiladi. Stexiometrik hisoblashlar hamda kimyoviy formulalar va tenglamalar tuzish uchun o'zaro birikayotgan va ta'sirlashayotgan har-xil elementlar atomlarining miqdoriy nisbatlarini bilish zarur. ELEMENTNING VALENTLIK STEXIMETRIYASI - bir valentli element atomining berilgan element atomi bilan qancha atom birika olinishini ko'rsatadi. BIR VALENTLI ELEMENTLAR - deb ikki elementli birikmada hamma vaqt boshqa elementning bitta atomi bilan birikkan elementlarga aytiladi. Bir valentli elementga vodorod (H) elementi misol bo'ladi. Shuning uchun elementning valentlik stexiometriyasi biror elementning barcha atomi vodorodning nechta atomi bilan bog'langanligini ko'rsatadi. Masalan: HCl da - xlor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 398.73 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:46 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 398.73 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga