Kimyoviy bog'lanish Kimyoviy bog'lanish turlari. Elektromanfiylik. Kovalent bog'lanish va uning asosiy xususiyatlari. Donor-aktseptor mexanizm. Ion bog'lanish. Metall bog'lanish. Vodorod bog'lanish. Reja: Kimyoviy bog'lanish hosil bo'lish tabiatiga qarab 4 ta asosiy turga bo'linadi. Kovalent bog'lanish 2. Ion bog'lanish 3. Metall bog'lanish 4. Vodorod bog'lanish (bog'lanishning o'ziga xos turi) Atomlar orasida kimyoviy bog'lanish natijasida 3 turdagi bog' paydo bo'ladi σ (sigma)- bog' δ (delta)- bog' π (pi) - bog' elektron bulutlarining o'zaro qoplanishi natijasida hosil bo'lgan bog'lanish. Kovalent bog'lanish - bog' hosil bo'lishida qatnashayotgan atomlarning hammasi toq elektronlar bilan qatnashadi. Almashinish mexanizmi bo'yicha kovalent bog'lanish ikki xil bo'ladi. Kovalent bog'lanish ikki xil mexanizm asosida hosil bo'ladi. a) Almashinish mexanizmi: 1) Qutbsiz kovalent bog'lanish - elektromanfiyligi bir xil bo'lgan atomlar o'zaro toq elektronlari bilan qoplanishidan hosil bo'lgan bog'lanish. Masalan: H2, O2, N2, NCl3, CS2, Cl2, Br2, O3, P4, I2 va h.k. N · + · N = N : N (H2) Elektromanfiylik Bir kimyoviy element atomi elektron bulutini boshqa kimyoviy element atomi elektron bulutini o'ziga qanchalik torta olish xususiyatiga aytiladi. Δ א - Elektroman-fiylik farqi (shartli): Δ א 1,7 - ion bog'lanish; 0 Δא 1,7 - kovalent bog'lanish. 2) Qutbli kovalent bog'lanish - elektromanfiyligi har xil bo'lgan atomlar o'zaro toq elektronlari bilan qoplanishidan hosil bo'lgan bog'lanish. Masalan: HCl, H2O, NH3, CO2, P2O5 va h.k. bog' hosil bo'lishida atomlarning biri bo'linmagan (taqsimlanmagan) juft elektroni bilan (donor) ikkinchisi bo'sh orbitali bilan (aktseptor) qatnashsa, donor-aktseptor bog'lanish deyiladi. b) Donor-aktseptor mexanizmi: SO - is gazi (bitta), NH4+ - ammoniy ioni (bitta), H3O+ - gidroksoniy ioni (bitta) Barcha kompleks birikmalarda hosil bo'ladi. KOVALYeNT BOG'LANISh XOSSALARI bog' uzunligi, bog' energiyasi, bog' tartibi, bog' to'yinuvchanligi, bog' yo'naluvchanligi, bog'lar orasidagi burchak (valent burchak) Bog' uzunligi - bog' hosil qilgan atomlar yadrolari orasidagi masofa bog' uzunligi deyiladi. Bog' uzunligi nm - nanometr yoki Å - angistremda o'lchanadi. Bog' energiyasi - kimyoviy bog'ni uzish uchun sarflanadigan energiya bog' energiyasi deyiladi. Bog' energiyasi kJmol yoki kkalmolda o'lchanadi. Bog' energiyasi bog' uzunligiga, tabiatiga va bog'lanish turiga bog'liq. Bog' tartibi - o'zaro bog' hosil qilgan atomlar orasidagi bog'lanishlar soni bog' tartibi deyiladi. Birlamchi, ikkilamchi (qo'sh bog'), uchlamchi (uchbog'), bazan to'rtlamchi bog'lanishlar bo'ladi. Atomlar orasida bog' qancha ko'p bo'lsa, bog' uzunligi qisqarib, bog' energiyasi ortadi, yani bog' barqarorligi ortadi. Bog' to'yinuvchanligi - atomlarning aniq sondagi kovalent bog'lanishlar hosil qilishi. Masalan Oltingugurt ko'pi bilan oltita kovalent bog' hosil qiladi. SF6, SO3, SCl6, SO2Cl2 va h.k. Bog' yo'naluvchanligi - ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:46 ]
Arxiv ichida: ppt