Kimyoviy bog'lanishning umumiy tavsifi. Kovalent bog'lanish. Vodorod bog'lanish, ion bog'lanish, molekulalararo Van-der-Vaals kuchlari Reja: 1. Kimyoviy bog'lanishning umumiy tavsifi. 2. kovalent bog'lanish va uning turlari. 3. Vodorod bog'lanish. 4. Ion bog'lanish. 5. Molekulararo Van-der-Vaals kuchlari. Tayanch iboralar. Kimyoviy bog', elektron juft, kovalent, kovalentlik, qutbli, qutbsiz. vodorod bog'lanish, ion bog'lanish, kogeziya, adgeziya, orientatsion, induksion, dispersion. Kovalent bog'lanish. Ion bog'lanish nazariyasi asosida faqat ishqoriy metall galogenidlarining va shular tipidagi moddalarning tuzilishini tushuntirish mumkin bo'ldi. Lekin N2, O2, N2, S12 kabi oddiy moddalarning, ko'pchilik anorganik va organik. moddalarning tuzilishini izohlash uchun kovalent bog'lanish nazariyasi (Lyuis, 1916) dan foydalaniladi. Kovalent bog'lanish nazariyasi asosini «sirtqi qavati sakkiz (yoki ikki) elektrondan iborat atom barqaror» degan tushuncha tashkil etadi. Bu bog'lanishda barqaror konfiguratsiya ikki atom orasida bir yoki bir nechta umumiy elektron juftlar hosil bo'lishidan kelib chiqadi. Elektron juftlar hosil bo'lishida ikkala atom ham ishtirok etadi. Shuning uchun har bir atom umumiy juft uchun o'zidan albatta elektron beradi. Kovalent bog'lanish hosil bo'lishini bir necha moddalarda kuzatish mumkin. Har birida bittadan elektron bo'lgan ikki vodorod atomi o'zaro yaqinlashganda vodorod molekulasini (N2) hosil qiladi. Bu jarayon quyidagicha ifoda qilinadi: N' + ∙N→ N:N Har qaysi atomning umumiy juft uchun beradigan elektroni sxemada nuqta bilan tasvirlangan. Vodorod molekulasida bir juft elektron ikki yadro orasida joylashishi natijasida barqaror konfiguratsiya hosil bo'lishga olib keladi. Ftor atomida oktet, yani sakkiz elektronli qavat hosil bo'lishi uchun bir elektron etishmaydi. Ftorning bir atomi uning ikkinchi atomi bilan birikkanida kovalent bog'lanish hosil bo'lishini quyidagicha tasvirlash mumkin: Azot atomida oktet hosil bo'lishi uchun uch elektron etishmaydi. Ikki atom azotdan azot molekulasining hosil bo'lishini quyidagicha yozish mumkin: :N+N:→ :NN: Lengmyur birikuvchi atomlar orasida hosil bo'ladigan elektron juftlarning soni shu element valentligiga teng, deb qabul qildi. Masalan, molekulasida azot uch valentli, vodorod bir valentli, yani NN3 ning hosil bo'lishida azotning uchta elektroni ishtirok etadi, lekin bir jufti ishtirok etmaydi. Ana shunday bog'lanishda ishtirok etmay qoladigan elektronlar jufti - yadrolar oralirida taqsimlanmagan juft elektronlar deb ataladi. Bunday elektron juftlar ko'pincha erkin elektron jufti deb ham ataladi. Lyuis va Lengmyurning kovalent bog'lanish haqidagi elektron nazariyasi murakkab bo'lmagan moddalardagi kimyoviy bog'lanishni izohlab berdi; lekin murakkab moddalardagi (ayniqsa kompleks birikmalardagi) kimyoviy bog'lanish tabiatini tushuntira olmadi. Nima sababdan elektron okteti yoki dubletigina barqaror? Nima uchun kovalent bog'lanish elektron juftlar hisobiga hosil bo'ladi, degan savollarga to'liq javob bera olmadi; bundan tashqari, Lyuis-Lengmyur nazariyasi statik nazariya bo'lib, u elektron va yadrolarning harakatdagi holatini hisobga olmagan edi. Faqat kvant mexanika asosida kimyoviy bog'lanishning izchil nazariyalari yaratiddi. Hozirgi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
69.91 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
69.91 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:46 ]
Arxiv ichida: pptx