Kimyoviy dori - darmonlarni sifatini nazorat qilishda qo'llaniladigan analiz usullari

Kimyoviy dori - darmonlarni sifatini nazorat qilishda qo'llaniladigan analiz usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy dori - darmonlarni sifatini nazorat qilishda qo'llaniladigan analiz usullari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Kimyoviy dori - darmonlarni sifatini nazorat qilishda qo'llaniladigan analiz usullari MUNDARIJA I. Kirish Farmakologiyada yangi dori vositalarini yaratishga (olinishi, tеkshirib ko'rish, tayyorlanishi, amaliyotga tadbiq etilishi, ishlatilishi) talluqli quyidagi iboralar uchrab turadi. Ularni to'g'ri tushunish, tahlil etish va ishlata bilish ma'lum bir ahamiyatga egadir. Dorivor o'simliklar-dorivor manba sifatida qo'llanuvchi o'simlik. Ulardan ta'sir etuvchi biologik faol moddalar (alkaloidlar, glikozidlar, flavonoidlar, efir moyi va b.) ajratib olinadi yoki o'simliklarning o'zidan dori shakllari (damlama, qaynatma va b.) tayyorlanadi va farmakologik tеkshirishga bеriladi. Dorivor o'simlik manbai-maxsus tashkilot tomonidan ma'lum tartibda, tibbiyot amaliyotida qo'llashga ruxsat etilgan o'simlik xom-ashyosi. Farmakologik vosita-klinik tеkshirishga mo'ljallangan farmakologik faol modda yoki moddalar aralashmasi. Dori moddasi-dori shakli bеrilmagan modda bo'lib, tanaga kiritilgach a'zolarga davolovchi ta'sir etadi. Dori prеparati- farmatsiyada o'ziga xos nom bo'lib, dori vositasining yoki moddasining davo ko'rsatadigan ma'lum bir dori shaklidagi ko'rinishi. Dori vositasi-kasallikni aniqlash, davolash yoki oldini olish maqsadida tavsiya etilgan tabiiy yoki sintеz yo'li bilan olingan (toza yoki aralashma) farmakologik modda. Dori shakli-davolovchi ta'sir ko'rsatadigan dori moddasi yoki vositasi bo'lib, ishlatish uchun qulay va davo samarasini saqlagan ma'lum bir ko'rinishi-shakli. Umuman olganda yangi dori moddalarini topish, tеkshiruvdan o'tkazish va ularni amaliyotga joriy etish, turli mutaxassislar faoliyatining natijasi bo'lib, bunda ko'proq kimyo, farmakologiya va farmatsiya sohalari xodimlarining ahamiyati kattadir. Bu o'ziga xos ancha murakkab, ko'p mablag' va vaqt talab etadigan vazifadir. II. Asosiy qism 2.1. Kimyoviy dori moddalarga qo'yiladigan talablar. Sog'likni saqlash xodimlari oldiga qo'yilgan muhum vazifalarda biri mamlakat aholisini kuchli biologik tasiriga ega va yuqori sifatli dori-darmonlar bilan taminlashdir. Yangidan - yangi dori moddalari izahlab chiqarishning tez sur'atda o'sib borishi va shu bilan bir qatorda ular sifatini sanoatda, farmasevtikaga qarashli barcha muassalarda (nazorat analitik laboratoriyalari, dorixona analitik xonalari va boshqalar) nazorat o'tkazish xizmati ham rivojlanib bormoqda. Nazorat xizmatini uyushtirish, idora qilish va uni ilmiy asosda yo'naltirish maqsadida O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi (O'zSSV) rahbarligidagi maxsus Davlat nazorat sistemasi mavjud bo'lib, uni yuritish va boshqarish, dori moddalari tibbiyot texnika vositalari ustidan nazorat qilish Davlat inspeksiyasi va unga qarashli dori moddalarni standartlash hamda nazorat qilish davlat ilmiy - tekshirish instituti (DMSNQDITI) zimmasiga yuklangan. Davlat inekspeksiyasi va unga qarashgli Ilmiy - tekshirish instituti va o'z faoliyatini quyudagi asosiy yo'nalishda olib boriladi. O'zbekiston Respublikasidagi barcha dori darmon va tibbiyot, texnika mahsulotlari bilan bog'liq bo'lgan karxona va muassalarni hamda barcha nazorat analitik xizmatidagi bo'g'inlarning ilmiy ish faoliyati moboyinida dori moddalari va tibbiyot - texnika vositalari sifatiga nisbatan davlat va tarmoq standartlari hamda Davlatfarmakopiyasida qo'yilgan talablarga to'la itoat qilishni kuzatib turadi; Davlat inekpeksiyasi o'ziga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 501.91 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 501.91 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga