Kimyoviy eksperiment

Kimyoviy eksperiment

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy eksperiment - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy eksperiment Kimyoviy moddalar va jarayonlar haqidagi bilimlar manbai bo'lmish kimyoviy eksperiment o'quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish, o'quv predmetiga nisbatan turg'un qiziqishni tarbiyalash, tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va modda haqidagi bilimlarni amalda sinab ko'rishning muhim shartidir. Kimyoni tegishli eksperimentlarsiz o'qitib bo'lmaydi. Dasturda ko'rsatilgan amaliy ishlar va tajribalarni o'tkazish o'qituvchi va o'quvchilardan tegishli ko'nikma va malakani, o'quv va ehtiyotkorlikni, hushyorlik va zehnni talab qiladi. O'qituvchi etarli darajadagi professional tayyorgarlikka ega bo'lib, eksperimentning o'quv-tarbiya jarayonidagi ahamiyatini anglab etsa, o'qitishning samarali usullarini qo'llash borasida ijodiy faollik ko'rsata olsa va umuman, ta'lim sifatini yaxshilashga ishtiyoqmand bo'lsagina bunday mas'uliyatli vazifani bajarishi mumkin. Shu bilan birga yuqori ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik saviyadagi eksperimentni bajarish uchun turfa jihozlar, asbob-uskunalar, rekaktiv va materiallar hamda o'qitishning eng yangi texnik vositalari kerak. ta'limning asosiy metodlaridan biri-amaliy metod bo'lsa, kimyo o'quv eksperimenti uning asosiy ko'rinishidir. Eksperiment o'quvchiga kimyoning tadqiq obyekti bo'lgan moddalarning o'zgarishlari haqida, sezgi organlari yordamida tabiiy hodisalarning obyektivligi haqida xulosa chiqarishga va ularni bilib olish hamda tabiatni inson izmiga bo'ysundirish mumkinligi to'g'risida aniq fikr yuritishga imkon beradi. Kimyo ilmi o'zining dastlabki ma'lumotlarini ham amaliyot, yani tajriba yo'li bilan qo'lga kiritganligini eslash joizdir. To'g'ri tanlangan tajriba o'z natijalari bilan o'quvchilarda zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga va ularning kimyo asoslarini puxta egallashlari uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari kimyoviy eksperiment o'quv-tarbiya jarayonida: 1.hodisalarni bilib olishning dastlabki manbai; 2.Taxminlar, farazlar va xulosalarning to'g'riligini isbotlovchi yagona va bosh dalil; 3.Moddalarni bilib olish, asbob-uskunalar bilan ishlash va boshqa amaliy ko'nikmalarni hosil qilishning asosiy vositasi; 4.Nazariy puxtalash va takomillashtirishning muhim omili; 5.O'quvchilarni kimyoga qiziqtirish va ularda kuzatuvchanlik, sinchkovlik, tashabbuskorlik, izlanuvchanlik, ilmga chanqoqlik, bilimlarni amalda qo'llay olish qobiliyatlarini tarbiyalash tadbiri vazifalarini o'taydi. Bularning barchasi kimyoviy eksperimentni o'qitishning asosiy metodi sifatida tan olishga asos bo'ldi. U bilim olish, uni mustahkamlash va sinab ko'rishning almashtirib bo'lmaydigan vositasidir. Kimyoviy eksperimentning quyidagi turlari farq qiladi: Demonstratsion tajribalar Laboratoriya tajribalari Amaliy mashg'ulotlar Tematik praktikumlar (masalan, fakultativlar). Darsdan tashqari bajariladigan eksperimentlar. Barcha turdagi eksperimentlar uchun asosiy talab-bajaruvchi va kuzatuvchining sog'ligiga zarar etkazmaslik, yani xavfsizlikdir. Bunda tajribalarni bajarish texnikasi va metodikasiga katta etibor beriladi. Kimyo ta'limining o'ziga xos jihatlaridan biri kimyoviy eksperiment bo'lganligi uchun bu masala metodik jihatdan ancha mukammal o'rganilgan va ishlab chiqilgan. Maktab kimyo eksperimentining «ota»si sifatida haqli ravishda V.N.Verxovskiy tan olinadi. Uning A.D.Smirnov bilan hamkorlikdagi yaratgan 2 jildlik qo'llanmasi ham bugungi kungacha barcha kimyogarlarning ishchi kitobiga aylangan. Tajribalarni bajarishning yo'l-yo'riqlari P.I.Voskresenskiyning qayta-qayta nashr etilgan ajoyib kitobida batafsil yoritilgan. maktab kimyo kursining anorganik va organik kimyo bo'limlari uchun mashhur metodist-olimlar V.S.Polosin va L.A.Tsvetkovlar to'laqonli qo'llanmalarni yaratganlar. Eksperimentning kimyo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.8 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.8 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga