Kimyoviy ekvivalentni aniqlash Agar element H2 yoki O2 bilan birikma hosil qilsa bu elementning ekvivalentini shu birikmadan bevosita topish mumkin. Bu usul bilan magniyning ekvivalentini topish uchun, MgO olamiz va uchun olingan miqdordagi Mg da birikkan kislorodning og'irlik miqdorini topamiz. Tarozida oksiddan tozalangan Mg lentasidan 0,2 g tortib oling va uni oldindan shu tarozida tortib olingan chinni kosachaga soling. Uning ustiga suyultirilgan HNO3 eritmasidan oz-ozdan to Mg ning hammasi erib ketguncha qo'ying. Olingan Mg(NO3)2 eritmasini mo'rili shkafda asbestlangan to'r ustida kuchsiz alanga yordamida ehtiyotkorlik bilan qiziguncha bug'lating. So'ngra suvsiz qoldiqni ochiq alangada qizdiring. Mg(NO3)2 parchalanib, azot oksidlari va MgO hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. MgO solingan kosachani eksikatorda soviting va torting. Og'irlik o'zgarmas bo'lib qolganda, u tuzning to'la parchalanganligiga qanoat hosil qilish uchun kosachani ikkinchi marta uni qattiq qizdirib, eksikatorda soviting va torting. 2. Agar biror element H2 ni birikmalardan siqib chiqara olsa u holda bu elementning ekvivalentini siqib chiqarish usuli bilan aniqlash mumkin. uchun ishlatiladigan asbob rezina naylar orqali voronka va probirka bilan ulangan byuretkadan iborat. Byuretka va probirka shisha naylar o'tkazilganda probkalar bilan yaxshiladi berkitiladi. ni boshlash oldidan asbobning germetikligini tekshirib ko'rish kerak. Buning uchun byuretka voronka bilan birlashtiruvchi rezina nayni ham to'ldirish kerak. So'ngra byuretka probka bilan yaxshilab berkitiladi, probirka bilan birlashtiriladi va byuretkadagi suvning sathi belgilab qo'yiladi. Shtativ halqasi surilib voronka pastga tushiriladi. Agar asbob germetik bo'lsa, voronka tushirilganda byuretkadagi suv sathi oldin biroz pasaysa, so'ngra o'zgarmas bo'lib qoladi. Suv sathi to'xtamasdan pasayib boraversa asbobning biror joyidan havo haydayotgan bo'ladi. Bu nuqsonning sababini aniqlash va uni yo'qotishdan oldin o'qituvchidan konsultatsiya olish kerak. Metall ekvivalentini siqib chiqarish usuli bilan aniqlashga oid Kerakli jihozlar. Reaktivlar: Mg (lenta), eritmalar: nitrat kislota (HNO3 va 2 n). Sulfat kislota (H2SO4 2n). Asboblar: 1. Texno-kimyoviy tarozi va toshlari bilan. 2. Gorelka. 3. Halqali shtativ. 4 Voronka. 5. Chinni kosacha. ning borishi: 9-rasmdagi (1-byuretka, 2-probirka, 3- voronka) dek asbob yig'ing, asbob byuretka (50 ml), rezina probka, voronka va probirka bilan ulanib shtativga mahkamlanadi. Byuretka va probirka ichidan shisha trubka o'tkazilgan probkalar bilan berkitiladi va asbob germetikligi tekshiriladi. Buning uchun byuretkaga uni voronka bilan ulab turgan rezina trubkasi bilan birga suv solinadi. So'ngra byuretkani probka bilan berkitib probirka bilan ulanadi va byuretkadagi suvning sathi belgilab olinadi. Shtativning halqasi bo'shatilib voronkadan pastroqqa tushiramiz. Agar asbob germetik bo'lsa, voronkani tushirishdan dastlabki daqiqasidan byuretkadagi suvning sathi biroz pasayadi, so'ngra o'zgarishsiz qoladi. Agar suvning sathi to'xtovsiz pasayib borsa, bu asbobning havo o'tkazayotganini bildiradi. Shu sababli uni yig'ishda ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.96 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.96 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:47 ]
Arxiv ichida: doc