Kimyoviy elementlar davriy sistemasi 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 11-mavzu Reja: Kimyoviy elementlar davriy sistemasi Barcha kimyoviy elementlar Davriy sistemada guruhlar Barcha kimyoviy elementlar kimyoviy elementlarning davriy sistemasida davrlarga, qatorlarga va guruhlarga bo'lingan holda joylashtirilgan. Davriy sistemadagi gorizontal qatorlardan davrlar hosil bo'ladi. Davrlar katta va kichik davrlarga bo'linib, kichik davrlar bittadan qatorni, katta davrlar esa ikkitadan qatorni o'z ichiga olgan. Ishqoriy metallar bilan boshlanib inert gazlar bilan tugaydigan qatorlardan davrlar hosil bo'ladi. Mavjud barcha elementlarning atom massalarini ortib borish tartibida yozib chiqamiz. Bunda siz elementning metallik xossasi sekin-asta kamayib borishini, metallmaslik xossasi ortib borib tipik metallmasga o'tishini kuzatasiz. elementning metallik xossasi Litiydan boshlab to'qqizinchi elementning xossalari (bu element natriy) litiyning xossalarini takrorlaydi, tipik metalldir. Litiy Natriydan boshlab sanalganda to'qqizinchi element (bu element kaliy) litiy va natriyning xossalarini takrorlaydigan tipik metalldir. Ishqoriy metalldan boshlanib inert gazlar bilan tugaydigan elementlarning gorizontal qatori davrlar deb ataladi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasida 7 ta davr bor. 1- davrda faqat ikkita element - vodorod va geliy joylashgan. 2- va 3- davrlarda 8 tadan element bor. 1-, 2-, 3- davrlar kichik davrlar deyiladi. 4-, 5-, 6-, 7- davrlar katta davrlar deyiladi. Bitta vertikal qatorga joylashgan o'xshash elementlar guruhlarni tashkil qiladi. Davriy sistemada 8 ta guruh bor. Har bir guruh jadvalning yuqori qismida rim raqamlari bilan belgilanadi. Ham kichik, ham katta davr elementlarini o'z ichiga olgan guruhchalar bosh guruhchalar, faqat katta davr elementlarini o'z ichiga olgan guruhchalar qo'shimcha guruhchalar deb ataladi. Agar e'tibor qilgan bo'lsangiz, vodorod davriy sistemaning I guruhida joylashgan, chunki uning oksidi (suv)da valentligi 1 ga teng. Uni VII guruhga, ya'ni galogenlar vertikal qatoriga ham kiritish mumkin, chunki uning tashqi energetik qobig'ini to'ldirish uchun 1 ta elektron kam. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.84 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.84 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:47 ]
Arxiv ichida: pptx