Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi

Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 3-mavzu Reja: 2 3 4 Kimyoviy elementlar 1 Moddalarning xossalari Amfoter gidroksidlar Amfoter elementlar Ar-Roziy moddiy unsurlarning eng kichik birligi - atomlar haqida, ularni yanada kichikroq zarralarga bo'linishi to'g'risida fikrlar bergan bo'lsa, Forobiy va Beruniy asarlarida moddiy dunyo tarkibiy qismlari, ma'dan va qimmatbaho toshlarni sinflash haqida ma'lumotlar keltirilgan. Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino o'sha davrda ma'lum bo'lgan barcha dorivor moddalarni xossalari asosida toifalarga bo'lib chiqqan. Dorivor moddalarni tarkibi va xossalariga ko'ra turli sinflarga toifalash singari dastlabki ilmiy bilimlar keyinchalik kimyoviy elementlarning xossalari asosida sinflashga asos bo'lib xizmat qilganligi tabiiy XVII asrning oxirlariga kelib 30 taga yaqin, XIX asrning 60- yillariga kelib 63 ta kimyoviy element ma'lum bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda esa 118 ta kimyoviy element kashf etilgan. Moddalarning xossalarini o'rganish va bu sohada qilingan kashfiyotlar, moddalardan insoniyat ehtiyoji uchun foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, moddalarni va ularni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar - elementlarni toifalash zaruriyatini keltirib chiqardi. Kimyoviy elementlarni dastlabki toifalashda ularning ko'zga tashlanadigan belgilari asos qilib olingan va metallar hamda metallmaslarga farqlangan Deyarli barcha metallar o'ziga xos yaltiroq, elektr va issiqlikni o'tkazadigan, bog'lalanuvchandir, metallmaslar esa bunday xossalarga ega emas. Barcha metallar (simobdan tashqari) qattiq, metallmaslar esa qattiq (oltingugurt, uglerod, kremniy, yod), suyuq (brom), gaz (kislorod, vodorod, xlor) holatda bo'ladi. oltingugurt uglerod kremniy yod kislorod vodorod xlor Metallar bilan metallmaslarni aniq chegara bilan ajratib qo'yish mumkin emas. Ayrim elementlar tashqi alomatlari bilan metallga o'xshasa-da, lekin metallmasdir. Metallarga ham, metallmaslarga ham xos bo'lgan xususiyatlarni namoyon qiluvchi elementlar amfoter elementlar deb ataladi. Fizik xossalariga ko'ra rux, aluminiy metall, kimyoviy xossalariga ko'ra metallmaslarga ham, metallarga ham o'xshaydi. Rux Asos xossalarini ham, kislota xossalarini ham namoyon qiluvchi gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi. Amfoter oksid, amfoter gidroksid hosil qiluvchi elementlar amfoter elementlardir. Ayrim kimyoviy elementlarning quyi valentli oksidlari asosli xossaga, yuqori valentli oksidlari kislotali, oraliq valentli oksidlari esa amfoter xossaga ega bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.3 MB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.3 MB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga