8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 6-mavzu Kimyoviy elementlarning davriy qonuni Reja: Kimyoviy elementlarning davriy qonuni Elementlarni atom massalari Ftor metallmaslik xossasi 1869- yilda rus olimi D.I. Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy qonuniga quyidagicha ta'rif berdi: Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari elementlar atom massasining qiymatiga davriy ravishda bog'liq bo'ladi. Buyuk rus olimi. Davriy qonun kashfiyotchisi. Elementlar davriy sistemasining foydalanish uchun qulay bo'lgan dastlabki namunasini taklif etgan. Davriy qonunning yaratilishida o'sha davrga qadar kimyo, fizika, biologiya singari tabiiy fanlarda yaratilgan bir qator kashfiyotlar va qonunlar muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Markaziy Osiyolik ensiklopedist olim Ar-Roziy (865-925)- atomlarning bo'linishini va atom mayda bo'laklar bilan bo'shliqlardan iborat ekanligini va ular doimo harakatda bo'lishini izohlab berdi. Buxorolik buyuk tabib Abu Ali ibn Sino dorivor, tabiiy kimyoviy birikmalarning tarkibi va xossalariga ko'ra sinflarga toifalashtirgan. Davriy qonun - tabiat qonuni va u tabiatda mavjud bo'lgan bog'liqliklarni aks ettiradi. D.I. Mendeleyev tomonidan davriy qonunning kashf etilishida elementlar atom massalari bilan xossalari orasida o'zaro uzviy bog'liqlik borligi atroflicha o'rganib chiqildi. Bir qator elementlarning oksidlari, asoslari, kislotalaridagi valentliklari o'zgarishi asosida jadvallar tuzdi. D.I. Mendeleyev olib borgan amaliy va nazariy tadqiqotlari asosida elementlarning atom massasi ortib borishi bilan ularning xossalari ham davriy ravishda o'zgarib borishini aniqladi. Ftor metallmaslik xossasi eng kuchli bo'lgan element. Neon inert gaz bo'lib, neondan keyingi element natriy litiyning xossalarini takrorlaydi. U ham ishqoriy metall, metallik xossasini kuchli ifodalaydi. Ftor Argon (Ar)ning atom massasi 40, argondan keyingi element kaliy (K) ishqoriy elementlar kabi bo'lishi kerak edi va ishqoriy metallarning ostiga joylanishi lozim edi. D.I. Mendeleyev davriy qonunni kashf qilgan davrda ko'p elementlarning atom massalarida noaniqliklar bor edi, ko'p elementlar kashf qilinmagan edi. Kimyoviy elementlarning atom massalari bilan xossalari orasidagi bog'liqlikka asoslanib, atom massalari noto'g'ri bo'lgan elementlarning atom massalari to'g'rilab chiqiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.89 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.89 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:47 ]
Arxiv ichida: pptx