Reja: 1. Kimyoviy elementlarning geokimyoviy tasniflari. Elementlarning joylashishida davriy sistemaning ahamiyati. 2. Geokimyoviy tasnif tuzishda salmoqli xissa qo'shganlar. 3. Magmatik, cho'kindi va metamorfik tog' jinslaridagi kimyoviy elementlarning tarqalishi. Kimyoviy elementlarning geokimyoviy tasniflarini o'rganish hozircha ma'lum bo'lgan kimyoviy elementlarning geokimyoviy tasnifi D.I.Mendeleev jadvaliga asoslangan bo'lib elementlarning mineral, tog' jinslarda, gidrosferada, atmosferada va boshqa birikmalarda tutgan o'rni, tarixiy rivojlanishi, miqdori va boshqalarga asoslangan. Geokimyoviy tasnif tuzishda salmoqli xissa qo'shganlar. F.Klark, G.Vashington, V.M.Goldshmidt, V.M.Vernadskiy, A.E.Fersman, A.N.Zavaritskiy, A.P.Vinogradov va boshqalar. Bulardan A.N.Zavaritskiy va A.E.Fersman endogen jarayonlar hosilasi magmatik jinslar geokimyosini yaratdi, qolganlari esa endogen sharoitlarda yuzaga kelgan mineral va jinslarning tarkibidagi kimyoviy elementlarning miqdori, tarqalishi, to'planishi va boshqa xususiyatlariga qaraganda. Bo'lardan ayrimlarining ta'rifi keltiriladi. V.M.Goldshmidt tasnifi. Ushbu tasnifda kimyoviy elementlar 4 guruhga ajratilgan: atmofil, litofil, xalqofil va siderofil. Bu turlarga bo'lishda elementlarning barcha xususiyatlari inobatga olingan, hamda meteoritlarni batafsil o'rganish natijasida olingan ma'lumotlarga asoslanadi. a) Litofil elementlar (ularning soni 54 dan ortik). Litofil elementlar mineral, tog' jinslari, suv va atmosfera tarkibida uchrovchi elementlarning kislorod bilan birikmalar hosil qiluvchi oksidlar, gidrooksidlar, silikatlar va boshqalar. b) xalqofil elementlar - oltingugurt va ba'zan selen, telur bilan birikmalar yuzaga keltiradi. Bularni shuning uchun sulfidlar, selenidlar, telluridlar deb ataladi. v) Siderofil elementlar guruhiga asosan temir va ba'zan margimushlar bilan birikmalar hosil qiluvchi kimyoviy elementlar kiradi. g) Atmofil elementlar (atmosfera elementlari deyiladi). Bu guruhga inert gazlari kiradi. A.N.Zavaritskiy tasnifi. A.N.Zavaritskiy o'z tasnifida kimyoviy elementlarni quyidagi guruhlarga ajratadi: Inert gazlar -He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rh. Petrogen - jins hosil qiluvchi elementlar: Na, K, Ca, Mg, Fe, Al, Si, Li, Rb, Cr,Sr, Be. Magma emansiyasi elementlari - faol elementlar - B, C, N,O, F, Cl, S, P. Metallar - Cu, Au, Ag, Zn, Cd, Sn, Hg, Pb. Metalloidlar - As, Se, Te, Sb, Bi. Temir guruhi elementlarni -Ni, V, Cr, Mn, Fe, Co, Ni. Radioaktiv elementlar -U, Th,Pu, Pa, Cm. Og'ir galloidlar-Br, J,At. Tarqoq elementlar-Se, Nb, Ta, W, Mo, Be, Sr, Hf, Tr Magmatik, cho'kindi va metamorfik tog' jinslaridagi kimyoviy elementlarning tarqalishi. Minerallarni paydo bo'lish sharoiti bo'yicha sinflarga ajratish: Endogen - suv ostida normativ o'zgarishlar natijasida kristallarga aylanadi. Ekzogen - suv ostida kristallashish va yer sirtida kimyoviymnurash jarayoni bilan bog'liq bo'lgan minerallar. Metamorfik - oldin hosil bo'lgan minerallarning yuqori harorat ta'sirida va yuqori bosim ta'sirida o'zgarishi natijasida hosil bo'lgan minerallar. Tog' jinslarini tashkil etishda qatnashish darajasi bo'yicha: 1. Asosiylari - u yoki bu jinsning hosil bo'lishida har doim qatnashadi. Dala shpatlari yer ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.69 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.69 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:47 ]
Arxiv ichida: pptx