Kimyoviy elementlarning nisbiy elektrmanfiyligi 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 16-mavzu Reja: Kimyoviy elementlarning nisbiy elektrmanfiyligi 2. Elektrmanfiylik 3. Kimyoviy reaksiyalarda elektronlar Ma'lumki, har bir kimyoviy element o'zining tashqi energetik qavatidagi elektronlarining yadroga bog'lanish energiyasi bilan farqlanadi. Ayrim elementlarning tashqi energetik qavatidagi s-elektronlar yadroga kuchsiz bog'langanligi tufayli ular kimyoviy reaksiyalarda oson elektron beradi. Bunday elementlar metallardir. Masalan, natriy atomining tashqi energetik qavatida (3s1) 1 ta electron bo'ladi va u kimyoviy reaksiyalarda osonlik bilan bitta elektron yo'qotib ikkinchi qavatni ochib qo'yadi. Natriyning ikkinchi qavatida esa sakkizta elektron bo'ladi. Masalan, metallmaslarda esa tashqi energetik qavatidagi elektronlar yadroga kuchliroq bog'langanligi sababli kimyoviy reaksiyalarda elektron biriktirib oladi. ftor kremniy yod oltingugurt Qizil fosfor grafit brom Ftor atomining tashqi energetik qavatida yettita elektron bo'ladi va kimyoviy reaksiyalarda elektron qabul qilib olib tashqi energetik qavatini sakkizta elektron bilan to'ldiradi. Ayni element atomining boshqa element atomidan elektronlarni tortib olish xususiyati elektrmanfiylik deb ataladi. Elektrmanfiylikni absolut qiymatlari bilan hisoblash noqulay bo'lib, amalda nisbiy elektrmanfiylik qiymatlaridan foydalaniladi. Odatda litiyning nisbiy elektrmanfiyligi 1,0 deb olingan. Qolgan elementlarning elektrmanfiyligi litiyga nisbatan aniqlanadi. Davrlarda kimyoviy elementlarning elektrmanfiyligi chapdan o'ngga o'tgan sari ortib boradi. Bosh guruhchalarda esa aksincha yuqoridan pastga tushgan sari nisbiy elektrmanfiyligi kamayib boradi. Elektrmanfiyligi eng yuqori bo'lgan element ftordir, seziyning elektrmanfiyligi eng kichik, ya'ni 0,86 ga teng. Metallmaslarning elektrmanfiyligi nisbatan katta, metallarning elektrmanfiyligi esa kichik qiymatga ega. Kimyoviy reaksiyalarda elektronlar nisbiy elektrmanfiyligi kichik elementdan nisbiy elektrmanfiyligi katta element atomi tomon siljiydi yoki butunlay o'tib ketadi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:47 ]
Arxiv ichida: pptx