Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 5-mavzu Reja: Kimyoviy xossalari Ishqoriy metallar Galogenlarning birikmalari Vodorod, kislorod va suvning xossalarini o'rganish davomida bir xil xossalarni namoyon qiluvchi elementlar bilan tanishgan edik. Masalan, natriy va kaliy metallari: yumshoq, suvdan yengil, kislorod va suv bilan odatdagi sharoitda shiddatli reaksiyaga kirishadi, natijada bir valentli birikmalarni hosil qiladi: 2Na + O2= Na2O2 2K + O2= K2O2 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 2K + 2H2O = 2KOH + H2 Natriy Kaliy Shuningdek, Li, Rb, Cs va Fr metallari ham o'z xossalari jihatidan Na va K metallariga o'xshash. Bu metallar bir oilani, ya'ni ishqoriy metallar oilasini tashkil qiladi Ishqoriy metallar quyidagi umumiy xossalarga ega: 1. Ishqoriy metallar barcha birikmalarida bir valentli. 2. Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi eriydi. 3. Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o'zgarib boradi. Xlor Cl, ftor F, brom Br va yod I o'xshash elementlar hisoblanib, galogenlar oilasini tashkil qiladi ftor brom yod Xlor vodorod hamda metallar bilan reaksiyaga kirishib, bir valentli birikmalar hosil qiladi. H2 + Cl2 = 2HCl, 2Na + Cl2 = 2NaCl. Ftor, brom va yod ham xlor kabi xossalarga ega. Galogenlarning vodorodli birikmalari uchuvchan gaz moddalari bo'lib, suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalari esa kislotalardir. Galogenlarning xossalari atom massalari ortib borishi bilan davriy ravishda o'zgarib boradi. galogenlarning fizik xossalarini, atom massalari bilan bog'liqlik tomonlarini tushuntirishga harakat qiling. Galogenlar quyidagi umumiy xossalarga ega: Vodorod bilan uchuvchan gidridlar hosil qiladi. Galogenlar gidridlarining suvdagi eritmasi kislotalardir. Galogenlar gidridlarda, metallar bilan hosil qilgan tuzlarda bir valentlidir. Galogenlarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o'zgarib boradi. Galogenlar Mavjud kimyoviy elementlar ichida o'xshash xossalarga ega bo'lgan elementlar guruhlariga yana qator misollar keltirish mumkin. Inert gazlar (geliy He, neon Ne, argon Ar, kripton Kr, ksenon Xe) alohida tabiiy oilani tashkil etib, ular ham o'xshash elementlardir. Inert gazlarning ayrimlari kislorodli, ftorli birikmalar hosil qiladi. Kimyoviy reaksiyaga deyarli kirishmaganligi uchun ular inert elementlar deb atalgan. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.07 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.07 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:47 ]
Arxiv ichida: pptx