Kimyoviy elementlarning tarqalish oreollarini geokimyoviy xaritalarga tushurish usullari

Kimyoviy elementlarning tarqalish oreollarini geokimyoviy xaritalarga tushurish usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy elementlarning tarqalish oreollarini geokimyoviy xaritalarga tushurish usullari - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy elementlarning tarqalish oreollarini geokimyoviy xaritalarga tushurish usullari bilan tanishish va o'rganish REJA: Kirish. Asosiy qism. Kimyoviy elementlarning tarqalishi. Yer po'stida kimyoviy elementlarning tarqalishi. Mendelev davriy sistemasi yaratilishi haqida. Xulosa. Foydalangan adabiyotlar. Yer po'sti, yoki, boshqacha aytganda, Yer qobig'ining qalinligi 60 km atrofida deb baholanadi. Insonning Yer, tuproq, qazilma konlari kabilar bilan bog'liq faoliyatining asosiy qismi aynan shu qatlamda kechadi. Yerimiz po'stlog'ining deyarli qoq yarmi (47,4% qismi) - kisloroddan O iborat. H odatiy tasavvurda, biz nafas oladigan ikki atomli gaz O2 sifatida namoyon bo'ladigan ushbu element, qobiqda ham salmoqli ulushni tashkil qiladi. Albatta, kislorod Yer po'stida asosan kremniy va boshqa metallar bilan birikkan holda, ruda shaklida uchraydi. Qobiqda tarqalganligi bo'yicha ikkinchi turuvchi element bu kremniydir Si. Yuqori texnologiyalar, xususan kompyuterlar uchun kremniyning juda toza, oliy navi zarur bo'ladi. Qumloq sohilda sochilib yotgan oddiy tuproq tarkibidagi kremniydan esa shisha va oynalar tayyorlash mumkin. Qobiqda kremniy 27,7 % atrofidagi ulushni tashkil qiladi. Yer po'stida kimyoviy elementlarning tarqalishi. Yer po'sti va yuzasida kimyoviy elementlarning o'z joyini o'zgartirishi va qayta taqsimlanishi. Bu terminni fanga A.Ye. Fersman kiritgan (1923). Elementlarning yer po'stida tarqalishi :suyuqfaza (eritmalar, gidrotermal eritmalar, yer osti va yer yuzasidagi suvlar), gazsimon faza (vulkan gazlari va fumarollar, mineral buloqlar va neft konlari gazlari) va qattiq fazada (diffuziya va qayta kristallanish natijasida) sodir bo'lishi mumkin. Ba'zi elementlarning Yer po'stidagi umumiy miqdori kam bo'lsada, yer yuzida to'planib qatlamlar hosil qiladi, bu qatlamlardan ularni qazib olish mumkin. Kimyoviy unsur ba'zan tug'ma (yombi) holda ham uchraydi (oltin, simob, platina va boshqalar). Kremniydan keyin alyuminiy Al, temir Fe, kalsiy Ca va natriy Na turadi. Yuqorida kisloroddan boshlab natriygacha sanab o'tilgan elementlar, bir tonna namunaning 90% qismini tashkil qiladi. 1869 yilda D.I.Mendeleev tomonidan ochilgan davriy qonun hozirgi zamon tabiatshunosligida eng asosiy qonunlardan biri hisoblanadi. Bu qonun dunyoning material birligini bildirgani uchun nafaqat kimyoda balki butun tabiatshunoslikda juda katta ahamiyatga ega. Ayni vaqtda davriy sistemaning 500 dan ortiq varianti chop etilgan. Ulardan eng keng tarqalgan shakllari quyidagilardir: 1) Mendeleyev taklif etgan davriy sistemaning qisqa varianti (shu jadval keltirildi). 2) Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.ning shveysariyalik kimyogar A. Verner tomonidan 1905-yilda takomillashtirilgan uzun varianti. 3) Daniyalik fizik N. Bor chop etgan (1921-yil) davriy sistemaning zinapoyasimon shakli. 1871-yilda Kimyoviy elementlar davriy sistemasis. ning ikkinchi varianti e'lon qilindi. Bu variantda o'zaro o'xshash elementlar vertikal qatorlarga joylashgan bo'lib,' qisqa davrli variant hisoblanardi. Unda 8 ta vertikal, 10 ta gorizontal qator bor edi. Xulosa Yer yuzida kimyoviy elementlarning tarqalishi va ularnig taqsimlanishini o'rganish va ularning geopozitsilarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.61 MB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.61 MB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga