Kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar, valentlik, indekslar haqida tushuncha 7-sinf Kimyo darsligi asosida 9-mavzu Reja: Moddalar tarkibidagi atomlar Kimyoviy formula Valentlik tushunchasi Elementlar valentligi bo'yicha formula tuzish Moddalar tarkibidagi atomlarning har biri uchun mos element belgisi mavjud. Demak, modda tarkibini shu moddani tashkil etgan atomlarning mos belgilari asosida ifodalash, boshqacha qilib aytganda, modda tarkibini kimyoviy formula bilan ifodalash mumkin. Kimyoviy formula Kimyoviy formula - modda tarkibining kimyoviy belgilar va zarur bo'lsa, indekslar yordamida ifodalanishi. Kimyoviy belgilar Indekslar Kimyoviy formula: modda qanday elementlardan tashkil topganligini (sifat tarkibi); moddaning bitta molekulasi tarkibiga har qaysi elementning nechtadan atomi kirishini (miqdor tarkibi); moddaning bitta molekulasini bildiradi. Masalan, suv molekulasi ikkita vodorod (H) va bitta kislorod (O) atomlaridan tashkil topgan va H2O holida ifodalanadi. Suv molekulasi Suv molekulasidagi vodorod kimyoviy belgisining pastki o'ng tomonida turgan 2 raqami indeks deb ataladi va suv tarkibidagi vodorod atomlari sonini ko'rsatadi. Kimyoviy belgi yoki formula oldida turgan katta raqam koeffitsiyent deb ataladi, alohida atom yoki molekulalar sonini ko'rsatadi. koeffitsiyent Indeks Valentlik tushunchasi. Bir element atomi boshqa element atomining aniq soni bilan birikishi mumkin. Molekulaning formulasini to'g'ri yozish uchun elementlarning muhim xossasi - valentlik haqida tushunchaga ega bo'lish lozim. Valentlik deb, element atomining boshqa elementlar atomlari aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi. Valentlik lotincha «valens» so'zidan olingan, «kuchi bor» degan ma'noni anglatadi. Valentlik odatda elementning kimyoviy belgisi ustida rim raqamlari bilan yoki element kimyoviy belgisi, nomi yonida qavs ichida rim raqamlari bilan Cu(II), Cu(I) ifodalanadi. Ikki elementdan tashkil topgan birikmada bir element valentligining uning atomlari soniga ko'paytmasi ikkinchi element valentligining atomlari soni ko'paytmasiga teng, ya'ni: mx=nx. Elementlar valentligi bo'yicha formula tuzish. Agar biz elementlar valentligini bilsak, binar birikma formulasini tuza olamiz. Masalan, binar birikma kislorod va fosfordan iborat. Binar birikma formulasi Formulalarning grafik tasviri Moddalar formulasini grafik tarzda tasvirlash mumkin. Grafik tasvirlarda har bir valentlik chiziqcha bilan ifodalanadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:47 ]
Arxiv ichida: pptx