Kimyoviy ishlab chiqarish istiqbollari 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 48-mavzu Zamonaviy sanoatda turli xususiyat va sifatga ega: yuqori mustahkamlik, termobarqaror, termoplastik, agressiv kimyoviy muhitga chidamli bo'lgan materiallar ko'p miqdorda kerak bo'ladi. Kimyo va kimyo sanoati oldida turgan bosh vazifa atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda progressiv texnologiyalarni ishlab chiqish; Polimerlarning alohida turlari qimmatbaho, yuqori sifatli, zanglamaydigan po'latlar bilan raqobatlashmoqda. Bunday polimerlarning 1 tonnasi 6 tonna metall o'rnini bosa oladi. Polimerlar mashinasozlikda, atom sanoatida, radiotexnikada, mikroelektronikada, qishloq xo'jaligida, tibbiyotda, maishiy hayotda va shu kabi boshqa sohalarda tobora keng qo'llanib kelmoqda. Keramikadan mashinasozlikda, konstruksion materiallar tayyorlashda, elektronika va elektrotexnika sanoatida foydalanish darajasi ortib borayotgani hammaga ma'lum. Keramika metallar va plastmassalardan keyingi uchinchi o'rindagi sanoat materiali deb e'tirof etilmoqda. Kompozitlar asos (matritsa) va to'ldirgichdan iborat bo'lib, zamonaviy materiallar orasida o'ziga xos o'rin tutadi. Ularda asos sifatida metallar, qotishmalar, polimerlar, keramika ishlatiladi. Kimyo sanoatining oldida turgan muhim vazifalardan biri texnik maqsadlar uchun qo'llanayotgan tabiiy materiallar va oziq mahsulotlari o'rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Kimyoning tibbiyotdagi o'rni faqat yangi dorilar sintez qilish bilangina chegaralanmaydi. Tibbiy anjomlar kimyo sanoati yordamida tayyorlanadi. Katalitik kimyoning yangi sohasi - fermentativ katalizning rivojlanishi natijasida kimyoviy va muhandislik enzimologiyasi vujudga keldi. Tabiiy resurslarning kamayib borayotganligi insoniyat oldiga ishlab chiqarishning industrial usulini texnologik usullar bilan almashtirish muammosini ko'ndalang qo'yilishiga sabab bo'ldi. Kimyo fani va sanoati oldida yangilashning iloji bo'lmagan tabiiy resurslar: rangli va qora metall rudalari, neft, gaz, ko'mir, tog'-kimyoviy xomashyolaridan maksimal to'la foydalanish vazifasi turibdi. Kimyo texnologiyasi va atom energetikasi integratsiyasi iqtisodiy va ekologik jihatdan kelajagi porloq jarayondir. Tibbiy anjomlar kimyo sanoati yordamida tayyorlanadi. Kimyoviy usullar inson organizmida kechadigan jarayonlarni hujayra va molekula darajasida tadqiq qilishga sharoit yaratadi. Kimyo fani zamonaviy texnologiya, fizika va biologiyaning rivojlanishida, kimyo sanoati esa agrosanoat va yoqilg'i-energiya komplekslari ta'minoti, mashinasozlik va metallurgiya, transport va qurilish, kundalik iste'mol tovarlari ishlab chiqarishda rol o'ynaydi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.74 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.74 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:47 ]
Arxiv ichida: pptx