Kimyoviy ishlab chiqarish

Kimyoviy ishlab chiqarish

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy ishlab chiqarish - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy ihlab chiqarish Reja: 1. Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ahamiyati 2. O'quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish 3. «Kimyo fanining xalq xo'jaligidagi ahamiyati» mavzusida o'rganilishi O'rganiladigan asosiy tushunchalar: Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ahamiyati, o'quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish, «Kimyo fanining xalq xo'jaligidagi ahamiyati» mavzusida o'rganilishi. Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o'rganish- o'quvchilarga politexnik tayyorgarlik berish vazifasini hal qilish uchun eng mugim vositalardan biridir. Kimyo ishlab chiqarishni o'rganish nazariyasi bilan amaliyotni bog'laydi, bilimlarni konkretlashtiradi, chuqurlashtiradi va puxtalaydi, yoshlarimizni maktabni tugatgandan keyin erkin ravishda kasb tanlab olishlariga va mustaqil davlatimizning aktiv ishtiroklari bo'lib, erishishlariga yordam beradi. Kimyo o'qituvchilari kimyo darslarida kimyoning amaliy turmushda qo'llanilishiga e'tiborni jalb qiladilar, o'quvchilarni eng muhim kimyoviy ishlab chiqarish bilan tanishtiradilar, mahalliy sanoatga ekskursiya o'tkazadilar, texnologik sxemalar, jadvallar, modellar, diapozitivlar, kinofilmlar va boshqa ko'rgazmali qo'llanmalardan foydalanadilar. O'quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish jarayonida o'qituvchi oldida bir qancha masalalar turadi: jumladan, kimyoviy ishlab chiqarishni tanlash, kimyoviy ishlab-chiqarish to'g'risidagi beriladigan bilimlar me'yori, kimyoviy ishlab chiqarishlar bilan tanishtirishning metodik prinsiplari, ishlab chiqarishlarini o'rganish rejasi va boshqalar. Umumiy o'rta ta'lim maktabi kimyo darslarida xalq xo'jaligi jihatdan muhum ahamiyatga ega bo'lgan, o'quvchilar yaxshi tushunadigan va eng tipik, kimyoviy nazariya hamda qonuniyatlarini amaliy hayotda qo'llanishini aks ettiruvchi kimyoviy ishlab chiqarishlargina o'rganilishi lozim. O'rta maktablarning quyidagi siniflarda ishlab chiqarish mavzulari alohida o'rganib boriladi. Masalan: 8-sinfda suvni tozalash, ohak ishlab chiqarish, xlorid kislotani sentiz usulda olish, sulfat kislotasi ishlab chiqarish , (kontakt usulda ) . 9-sinfda ammiak va nitrat kislota ishlab chiqarish, azotli o'g'itlar ishlab chiqarish, superfosfat ishlab chiqarish . 10-sinfda alyuminiy ishlab chiqarish, chuyan va po'lat ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, toshko'mirni koksga aylantirish va boshqalar . 11-sinfda organik moddalarni sentiz qilib olish va boshqalar . Maktab atrofida joylashgan mahalliy ishlab chiqarishlardan o'quv dasturida nazarda tutilgan talablar me'yoridagina o'quv maqsadlari uchun foydalaniladi. Eng muhum ishlab chiqarishlar misolida o'quvchilar hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlari uchun umumiy, tipik bo'lgan ilmiy prinsiplar va ishlab chiqarish asboblari bilan tanishadilar. Hozigi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlarining umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'rganilishi lozim bo'lgan umumiy ilmiy prinsiplarga quydagilar kiradi. 1. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sifatini oshirish . 2. Issiq, almashinish. 3. Qarshi oqim; 4. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sirkulyasiyasi; 5. Kimyoviy reaksiya tezligini va yo'nalishini o'zgartirish (katalizator, optimal temperatura, bosim va konsentrasiyadan foydalanish). Kimyoviy ishlab chiqarishlarni ratsional uyushtirish prinsiplariga quydagilar kiradi: 1. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va fazalarga bo'linishi: 2. Mexanizasiya va avtomatizasiya. 3. Elektrdan foydalanish; 4. Ishlab chiqarishni kombinirlash; 5. Mehnatni muhofaza qilish; 6. Ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish metodlari; O'rta maktab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.26 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.26 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga